wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 29 Dekabr 2015 00:00

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri: Inomiddinov A’zamjon Valijonovich
Kafedra manzili: Namangan shahar, Uychi ko’chasi 316-uy, 8-bino, 3-qavat 311-xona.
Kafedraning telefon raqami:  227-03-32
Kafedra rahbarining telefon raqami:  +99891-342-96-27
Kafedraning elektron pochta manzili:  
Kafedra rahbarining elektron pochta manzili: 

Kafedraning qisqacha tarixi: 

—1974-yillarda o’z faoliyatini faqat yuksak malakali boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlashga bag’ishlangan mazkur kafedra, 1980-yilda qayta tashkil etildi. Dastlabki kafedraning tashkil topishida ham, qayta tashkil etilishida ham filologiya fanlari nomzodi, dotsent N. Boboxo’jayevning xizmatlari katta bo’ldi. N.Boboxo’jayevdan so’ng kafedrani quyidagi professor- o’qituvchilar boshqarishgan: pedagogika fanlari nomzodi, professor M.Yusupov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Sattorov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Qozoqov, psixologiya fanlari nomzodi A.Rahmonov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Sobirov, pedagogika fanlari nomzodi Yu.Shaamirova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayevlar boshqargan. Hozirgi vaqtda kafedra mudiri  vazifasini A.Inomiddinov bajarib kelmoqda. 

Kafedra 5111700–Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi.

Kafedrada 18 nafar  professor-o’qituvchi, jumladan, 4 nafar fan nomzodi, 3 nafar dotsent, 1 nafar katta o’qituvchi, 13 nafari esa o’qituvchi  lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada ona tili va adabiyoti, ona tili o’qitish metodikasi, matematika o’qitish metodikasi, boshlang’ich sinflarda yangi pedagogik texnologiyalar masalalari tadqiq etiladi. Jumladan, kafedra a`zolaridan A.Qurbonov “Sarlavhalarning “Xamsa” badiiyatida tutgan o’rni”, N.Abdullaeva “Sinfdan tashqari o’qish darslarida integratsiyalashgan ta`lim”, B.Qo’chqorov esa “Devonu lug’otit-turk”da milliy pedagogik qadriyatlarning ifodalanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotlarni olib borayotgan  bo’lsa, kafedra dotsentlari M.Holmurodov “Matematikaning xalq xo’jaligida qo’llanishi”,  N.Uluxujaev “Razvitie svyaznoy rechi uchahixsya nachal’no`x klassov s polietnicheskim sostavom”,  M.Hamidova esa “Shukur  Xolmirzayev  nasrining  badiiy-uslubiy o’ziga  xosligi ”,  kafedra o’qituvchilari Sh.Xujamberdiyeva “Ta`lim bosqichlarida Erkin Vohidov hayoti va ijodini o’rganish usullari”, M. To’raboyeva “O’zbek tilida tasviriy vositalarning lingvokulturologik tadqiqi”, M.Shermatova “Boshlang’ich sinflarda atrof-muhitga mas`uliyatli munosabatni shakllantirish metodikasi” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 

Kafedradagi ilmiy tadqiqot ishlariga talabalar keng jalb etilgan. Bitiruv-malakaviy ishlar mavzularining ilmiy va dolzarb bo’lishiga alohida   e`tibor qaratilgan. Hattoki, kafedra  dotsentlari, , pedagogika fanlari nomzodi N.Uluxujayev hamda  filologiya fanlari nomzodi M.Hamidovalar  “Bitiruv malakaviy ishlarni  bajarish  va himoya qilish” nomli  uslubiy  ko’rsatma  (uchinchi qayta  ishlangan, takomillashtirilgan  nashri) nitayyorlashgan.

Boshlang’ich ta`lim metodikasi kafedrasi viloyatdagi bir necha kollej va maktablar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. Norin sanoat va servis kolleji kafedraga biriktirilgan bo’lib, mazkur kollejda kafedraning filiali ochilgan. Ushbu filial kafedra mudiri vazifasini kafedra o’qituvchisi B.Abdurahmanov 2012-yildan beri bajarib keladi. Bundan tashqari kafedra Namangan shahar pedagogika kolleji, Namangan tumani pedagogika kolleji, Tepaqo’rg’on pedagogika va servis kolleji, namangan shahridagi 11, 27, 31- umumta`lim maktablari, shuningdek, Nizomiy nomidagi TDPU va Andijon davlat universitetlari bilan hamkorlik qilib keladi.

Kafedraning vazifalari: 

Kafedraning vazifasi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta'lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin. 

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Kafedrada asosiy tarkibda 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan, 4 nafari fan nomzodi. Kafedra ilmiy salohiyati o’rtacha 27 foizni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma'lumotlari kafedra yo‘nalishi va unda o‘tiladigan fanlarga mos keladi. “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibi haqida 

Kafedraning faoliyati to`g`risida ma`lumotlar:

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntzam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish; 

- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarish ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

- talabalarning o’quv va malakaviy amaliyoti, kurs loyixalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarni takomillashtirish bo‘yicha chora ko‘rish; 

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarni individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarni muxokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini shlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rajalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 

- zamonaviy pedagogik va axborotkomunikatsiya texnologilarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulatlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texniklari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tishkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik disserdatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim xujjatlarining me'yor talablariga javob berishni belgilash bo‘yicha ekspert guruhlarni tarkibida ishtirok etish; 

- byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;  

- Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy-izlanuvchi bo‘lganlar bilan mutnazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;

- xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

- talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-xunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;       

- kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta'minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;

- universitet axborot-resurs markazining kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari:

Boshlang’ich talim kafedrasi Norin tuman sanoat va servis kasb-xunar kolleji bilan va Namangan shahar umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolangan. Shartnoma va kelishuvlar asosida o’quv uslublarini yaxshilash, yo‘nalish talabalari maktab muassasalarida tanishuv-o‘quv amaliyotlarini bajaradilar hamda kafedraning professor–o‘qituvchilari nazorati ostida o’quv va malakaviy amaliyotlarini bajaradilar. Yo’nalishimiz ba’zi talabalari maktablarning ilg’or o’qituvchiklari bilan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashadi. Norin tuman sanoat va servis kasb-xunar kollejida muntazam ravishda uchrashuvlar, qator tadbirlar, hamkorlikdagi ilmiy – uslubiy seminarlar o‘tkazib kelishadi. Kafedra o’qituvchisi Abdurahmonov Bahromjon Sobitovich kollejlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha ma’sul etib tayinlangan. 

 

O'qilgan: 3109 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.