wrapper

Yangiliklar

Juma, 18 Dekabr 2015 05:00

Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi

Kafedra mudiri: biologiya fanlari nomzodi Mavlanova Sadbarxon Abdukarimovna
Kafedra manzili: Uychi ko’chasi, 316.
Telefon: (+99891) 
E-mail:

S.A.Mavlanova 1977 yilda Namangan viloyati, Uchgo`rg`on tumanida tu`ilgan. Ma`lumoti oliy. 1998 yilda Namangan davlat universitetining Kimyo-biologiya fakul`teti Biologiya yo`nalishini tamomlagan. Diplom bo`yicha mutaxassisligi biolog, kimyo-biologiya fan o`qituvchisi.

2007 yildan  boshlab O’zR FA Fiziologiya va biofizika institutida  mustaqil ilmiy-tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bordi. Ilmiy raxbari b.f.d.professor I.G.Axmedjanov raxbarligida Qizil nur va past chastotali elektromagnit maydonining o’simliklarga ta’sir mexanizmiga doir “G’o’zaning so’ruvchi zararkunanda-hasharotlar va vertitsillyoz vilt qo’zg’atuvchisiga indutsirlangan chidamliligining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, 2012 yilda himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2013 yildan hozirga qadar Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.  Oilali, uch nafar farzandi bor. Turmush o’rtog’i Ismatov Azamatjon O’zR FA Mikrabiologiya institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishlaydi. 

Kafedra mudirining elektron manzili  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Mehnat faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan

1998-2005 yy. - CHust tumani  Xalq ta’limi bo’limiga   qarashli 44- maktab o’qituvchisi

2005-2007 yy. - Namangan shahar Xalq ta’limi bo’limi  metodisti

2007-2011 yy. - Namangan davlat universiteti «Biologiya va fizilogiya» kafedrasi o’qituvchisi

2011-2013 yy. - Namangan davlat universiteti  «Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi»  kafedrasi o’qituvchisi

2013-2015 yy. - Namangan davlat universiteti  «Hayot faoliyati xavfsizligi»  kafedrasi mudiri

Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” nomi bilan 1984 - yilda tashkil topgan. Kafedra  tashkil topishida  b.f.n. dotsent A.N. Aripovning hissasi katta bo’lib,  A.N. Aripov 1984-yildan 2013-yilgacha kafedra mudiri lavozimida ish olib borgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida  b.f.n. S.A.Mavlanova faoliyat yuritmoqda.

Kafedra tarkibida, na’munaviy o’quv rejalarida ko’zda tutilgan universitetning barcha mutaxassislik yo’nalishlarida o’qitiladigan II-III blok fanlariga tegishli: “Yosh fiziologiyasi va gigiena”, bir necha yo’nalishlarga tegishli “Odam fiziologiyasi”, “Fiziologiya va sport fiziologiyasi” , “Odam anatomiyasi”, “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi”, “Odam va xayvonlar fiziologiyasi”, “Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi”, “Biokimyo”, “Biokimyo va sport biokimyosi” kabi fanlar va barcha yo’nalishlarda V- blok fanlariga tegishli “Hayot  faoliyati xavfsizligi” va “Valeologiya asoslari ” kurslari o’qitiladi.

Kafedra asosan fakultetlararo maqomda faoliyat olib boradi. Kafedra tarkibi asosiy shtatlarda 10 nafar professor – o’qituvchilardan iborat.   Shulardan, 3 nafari fan nomzodi va dotsentlar, 2 nafari katta o’qituvchilarni tashkil qiladi. Ilmiy salohiyat  33,3 % ni tashkil etadi.

Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan  ilmiy – tadqiqot ishlari yo’nalishlari quyidagicha:

1-yo’nalish. Hazm fiziologiyasi muammolarini o’rganishga doir:  “Gastreduodenal majmuaning motor va evakuatsiya faoliyatini tizimli tashkil topishi”. (A.N. Aripov)

2-yo’nalish. Qizil nur va past chastotali elektr magnit maydonining organizmga va o’simliklarga ta’sir mexanizmiga doir: “G’o’zaning so’ruvchi zararkunanda – hasharotlar va vertitsillyoz vilt qo’zg’atuvchisiga indutsirlangan chidamliligining fiziologik – biokimyoviy xususiyatlari” (S.A. Mavlonova)

3-yo’nalish. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarda ozuqabop o’simliklarni qayta tiklash muammolarini o’rganishga doir: “CHust – Pop adirlari sharoitida istiqbolli ozuqabop o’simliklar bioekologiyasi” (O.N. Imomov)

4-yo’nalish. O’simliklardagi fiziologik aktiv moddalarni ajratib olish muammolarini o’rganishga doir: 1. “Mitoxondriyalarni ba’zi bir flavanoidlarning ta`siriga reak siyasi va flavasanni antitoksik samarasi”, 2. “Kinureninlarning fe’l – atvor farmakologiyasi” (M.M. Mamajonov, S. Mirzaev). 

5-yo’nalish. Markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi muammolariga doir:

“Stressda bosh miya va timusdagi moddalar va energiya almashinuvi buzilishini katatsin va benzonalda korrektsiyalash” (G`.Abdullaev)

Kafedraning hamkorligi va aloqalari: Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Rossiya Funktsional xirurgik gastraenteralogiya ITM (Krasnodar shahri),         V.M. Bexterev nomli Sankt-Peterburg psixonevrologiya ITI, O’zR FA Fiziologiya va biofizika,  Bioorganik kimyo, Genetika, Biokimyo institutlari va “Botanika” IICHM, O’zMU, ADU, AndMI va boshqalar  bilan hamkorlikda ilmiy aloqalar o’rnatilgan. Bunda turli ilmiy maqolalar, to’plamlar, o’quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni chop ettirishda kafedra a’zolari faol ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, yuqoridagi ilmiy muassasalar yordamida kafedra uchun ilmiy kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

Kafedrada talabalarning «Talaba yoshligim - salomatligim» nomli ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatadi. Ular ishtirokidagi 20 dan ortiq maqolalar va tezislar ilmiy jurnallar va anjumanlar to’plamlarida chop etilgan.

O'qilgan: 2657 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 25 Dekabr 2015 17:26

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.