wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

Kafedra mudiri – dotsent Mirzamaxmudov Shuxrat Sultonovich.

Kafedra manzili – Namangan shaxar uychi ko‘chasi 316 uy pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti 2 etaj.

Kafedraning telefon raqami – 0 – 369 227 – 20 – 97

Kafedra raxbarining telefon raqami – 99 893 914 – 98 – 38

 

Kafedra mudiri dotsent Mirzamaxmudov Shuxrat Sultonovich 1965 yil 15 oktyabrda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 1989 yilda Namangan davlat pedagogika institutini jismoniy tarbiya yo‘nalishini bitirgan. 2007 yilda oliy attestatsiya komissiyasi kengashida jismoniy tarbiya nazariyasi va sport turlarini o‘qitish uslubiyoti bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. Oilali 2 nafar farzandi bor.

Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi 1969 yilda tashkil topgan. Unga birinchi bo‘lib Zokirov Yu. T. boshchilik qilgan keyingi yillarda p.f.n. Smirnov L. S ., Qoroaboev Sh. p.f.n. Boyboboev B., dotsent Toshpo‘latov O., katta o‘qituvchi Tojimirzaev G‘., p.f.n. Ismoilov T., p.f.n. Madamitnov B., kafedra mudiri vazifasini bajarishgan. Xozirgi kunda kafedrani dotsent Sh. S. Mirzamaxmudov boshqarib kelmoqda.

Kafedraning asosiy faoliyati universitetning 5 ta fakultet va yo‘nalishining I-II kurs talabalari bilan jismoniy madaniyat va sport fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va sport sog‘lomlashtirish ishlarini olib boradi. Kafedra shu bilan birga ilmiy – uslubiy, ilmiy – tadqiqot, tashkiliy – uslubiy, ma'naviy, axloqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi.

Kafedra Namangan muxandislik – texnologiya instituti, Namangan muxandislik – pedagogika instituti, Namangan shaxar pedagogika kolleji, Pop tuman qishloq xo‘jalik kasb – xunar kolleji, Pop tuman kon metallurgiya kolleji, NamDU qoshidagi 2 – akademik litseyi bilan xamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Kafedraning ilmiy saloxiyati xozirgi kunda 13% ni tashkil etadi.

2015-2017 yillarda kafedrada o‘quv uslubimy qullanmalar 1 ta darslik 1 ta

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash, darslik, o‘quv, uslubiy va kurgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qullanma va o‘quv – uslubiy adabiyotlar. Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarni tashkil etish bo‘yicha tabdirlar o‘tkazish. Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, universititet musobaqalarida ishtirok etishga tayyorlash. Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy – uslubiy, ilmiy – tadqiqot, ma'naviy – ma'rifiy va tashkiliy – uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi. Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish. Xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim soxasidagi xamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan xolda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb – xunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mexnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.

O'qilgan: 2064 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 02 Fevral 2016 16:44

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.