wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 15 Dekabr 2015 05:00

Jismoniy madaniyat fakulteti

Fakultet dekani: – pedagogika fanlari nomzodi  dots. Azizov Sabithan Valiyevich
Fakultet manzili: Uychi ko'chasi, 316, 8- bino
Tel:(8-369)227-20-97, mobil: +998913545004
e-mail:
Qabul vaqti: Haftaning har kuni soat 14:00dan 16:00 gacha

Dekan o'rinbosarlari:

  1. Nuritdin G’oziyev (o’quv ishlari bo’yicha)
  2. Rustamjon Dadaboyev (ma’naviy axloqiy-tarbiya ishlari bo’yicha)

Fakultetda quyidagi yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlanadi: 

  1. 5112000 Jismoniy  madaniyat
  2. 5610500 Sport  faoliyati (Sport turlari bo’yicha)

Fakultetda quyidagi yo'nalishlari bo'yicha magistratura mutaxasisligi tayyorlanadi:

  1. 5A112001 Jismoniy madaniyat   

1971  yilda sport bo’limi asosida Jismoniy madaniyat  Fakulteti tashkil etildi. Hozirgi kunda Fakultetda jami  428 nafar talaba bo’lib, shundan 418 nafari bakalavr va 10 nafari magistratura mutaxassisligi bo’yicha ta’lim oladilar.

Fakultetida 40 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar talabalarga ta’lim va tarbiya ishlarini olib bormoqdalar.  Ulardan 8 nafari fan nomzodlari, 3 nafari dotsent, 5 nafari katta o’qituvchi, 24 nafari o’qituvchilardir. 

Fakultetning moddiy-texnik bazasi keyingi yillarda keskin o`sdi.  Nazariy va amaliy mashg’ulotlarning amalga oshirish uchun yetarli darajada sharoitlar  yaratilgan. Fakultet professor-o’qituvchilari o’quv dasturlariga mos  ravishda  darslik va o’quv-qo’llanmalar yaratishga e’tibor qaratmoqdalar. 

Fakultetda tizimli ravishda iqtidorli talabalar bilan ish olib boriladi. 

Universitet va Respublika miqyosidagi o’tkaziladigan konfrensiyalarda professor-o’qituvchilar hamda talabalar hamkorligida ilmiy maqola va tezislar bilan ishtirok etib kelishmoqda. 

Fakultet magistranti Sardor Rustamov “Yurt kelajagi-2014” Respublika tanlovi g’olibi, “XXI asr-intellektual avlod asri” konferensiyasining  Respublika  bosqichi sovrindori hamda 2014 yil “Navoiy” nomidagi Davlat  stipendiyasi sohibi  bo’ldi.

Fakultet talabalarining sportdagi erishgan yutuqlari: 

Namangan shahrida o’tkazilgan “Universiada-2000” sport musobaqalarida Namangan viloyati terma jamoasi birinchi o’rinni egallashdi, shaxsiy birinchilikda yengil atletika bo`yicha Ekaterina Kremlyeva, belbog’li kurash bo`yicha Shuhrat Bozorov, kurash bo`yicha Ayubxon Kamolov, futbolchi Rustam Qurbonboyevlarni aloxida yutuqlari uchun Respublikamiz prezidenti I.A. Karimov tomonidan taqdirlandilar. 

Bokschi talaba To`lashboy Doniyorov xalqaro miqiyosidagi erishgan yutuqlari uchun  2002 yil “O`zbekiston iftixori” unvoniga musharraf bo`lgan.

2002 yilda Buxoro shahrida o`tkazilgan "Universiada-2002" o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Namangan viloyati terma jamoasi asosini tashkil qilgan Fakultet talabalari faxrli 3-o`rinni egallaganliklari uchun prezident sovg’asi  bilan taqdirlandilar. 

2004 yilda Samarqand shahrida o’tkazilgan "Universiada-2004" musobaqalarida Fakultet talabalaridan tashkil topgan jamoa faxrli 3-o`rin sohibi sifatida prezident sovg’asi bilan mukofotlandi.

2004 yilning avgust oyida Gretsiyaning Afina shaxrida o`tkazilgan            28-yozgi Olimpiyada o`yinlarida fakultet talabasi To`lashboy Doniyorov mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi.

Fakultet talabasi Rustamjon Umarov belbog’li kurash bo`yicha 2006 yili Qozog’iston Respublikasining Almati shahrida o`tkazilgan jahon chempionatida  1-o`rinni olib, oltin medalga sazovor bo`ldi. 

Toshkent shahrida o’tkazilgan "Universiada-2007" sport musobaqalarida umumjamoa xisobida 2-o`rinni egallagan Fakultet talabalari, prezident sovg’asi  bilan taqdirlandilar. 

Buxoro shaxrida  o’tkazilgan “Universiada-2013” sport musobaqalarida fakultet basketbol qizlar jamoasi faxrli 2-o’rin egallashdi.

Fakultet talabasi Oybek Mamazununov boks sport turi bo’yicha 2013-2014 yillarda Osiyo chempioni va Jahon chempionatining sovrindori bo’ldi.    

Fakultet magistranti Abdulaziz Hamidjanov 2014 yilda belbog’li kurash bo’yicha Jahon chempionatida  bronza medaliga sazovor bo’ldi.

 

O'qilgan: 4445 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 16 Dekabr 2015 10:28

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.