wrapper

Yangiliklar

Juma, 18 Dekabr 2015 05:00

Tarix kafedrasi

Kafedra mudiri - tarix fanlari nomzodi Anvarjon Ashurovcih Erqo`ziyev
Kafedra manzili: 716019, Namangan sh., Ibrat ko`chasi, 13.
Tel: (0-369) 227-16-83.
Tel: (0-594) 307-44-80.
Fax: (0-369) 227-07-61
E-mail:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

O’zbekiston tarixi kafedrasi 1991 yil 1-sentabrda tashkil etilgan bo`lib, unga professor I. Yusupov rahbarlik qilgan. Shu paytda kafedrada 12 nafar professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatgan. Keyingi yillarda kafedraga professor S. Nazarov, dotsentlar M. Haydarov, t.f.n. S. Boltaboyev, t.f.n. Q. Asqarovlar rahbarlik qilganlar. 2011 yil 26 avgustdan kafedra Jahon tarixi kafedrasi bilan birlashtirilib, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti negizida Tarix fanlari kafedrasi nomi bilan yuritila boshladi. 2015 yil 2 martdagi struktura o`zgarishlariga ko`ra kafedra Tarix kafedrasiga aylantirilib, unga bugungi kunda t.f.n. A. A. Erqo`ziyev rahbarlik qilmoqda. 

Kaferda universitet, viloyat miqyosidagi yagona ixtisoslashgan ilmiy muassasa bo`lib, fuqaro va talabalarga O`zbekiston va Jahon tarixi fanlarini o`rganishlarida yordam berish bilan birga, tarixiy yodgorliklar tarixi, tadqiqotlar bo`yicha ilmiy xulosalar beradi. Tarix kafedrasi tarixchi mutaxassislar – 5120300-tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha) yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar va “5A120301-O`zbekiston tarixi” mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlaydi.
Kafedrada ikki nafar fan doktori, o’n nafar fan nomzodi, dotsent, o’n ikki nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedraning ilmiy  salohiyati 50,0 % ni tashkil etadi.
Kafedra professor-o`qituvchilarining lmiy tadqiqotlari O`zbekiston tarixininig barcha davrlarini qamrab olgan bo`lsada, kafedraning fundamental ilmiy-tadqiqot mavzusi “Mustaqil O`zbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti” deb nomlanadi. Kafedrada 2006 yildan har yili “Tarix tilga kirganda…..” davriy ilmiy maqolalar to`plami nashr etib kelinadi.
Kafedra respublikaning nufuzli oily talim muassasalari – O`zR FA Tarix instituti, O`zR FA Arxeologiya instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Andijon davlat universiteti, Farg`ona davlat universiteti va Qo`qon davlat pedagogika instituti bilan ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik olib boradi.       
5120300-tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha) yo`nalishi talabasi U.Yuldashev 2013-2014 o`quv yilida Tarix fani bo`yicha Respublika olimpiadasida 1-o`rinni egallagan bo`lsa, 2013-2014 o`quv yilida J.Mirzavaliyev va 2015-2016 o`quv yilida F.Abdulboqiyev Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi bo`ldi.

So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 23 Dekabr 2015 23:05

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.