wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 29 Dekabr 2015 05:00

Milliy g’oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi

Kafedra mudiri: tarih fanlar nomzodi B.Talapov
Kafedra manzili: Namangan shahri, Boborahim Mashrab ko’chasi, 2-uy, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti binosi, 2-qavat, 201-xona
Kafedraning telefon raqami: 8-369-227-06-58
Kafedra mudirining telefon raqami: +998-93-926-06-00
email:

Milliy g’oya ma`naviyat va huquq asoslari kafedrasi 2004 yili tashkil topgan.

Kafedra “5111600– Milliy g’oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar  tayyorlaydi.

Kafedrada  7 ta  fan nomzodi, 6 ta katta o’qituvchi va 7 ta o’qituvchi talabalarga saboq beradilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi va boshqa yo’nalishdagi talabalarga Milliy go’ya: asosiy tushunchalar va tamoyillar, Ochiq axborot tizimida ahborot psihlogik havfsizligi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Huquqshunoslik fanlaridan o’quv-mashg’ulot olib boradilar va ma’naviy-ma’rifiy, hamda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradilar.  

Kafedra professor-o’qituvchilari “O’zbekistonda milliy demokratik taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlar” kompleks mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshiradilar. Songi yillarda kafedra dosenti B.Talapovning “Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va mamlakatni modernizatsiyalash – milliy demokratik taraqqiyot omili” va “Demokratiya va milliy  demokratik taraqqiyot masalalari” nomli monografiyalari, kafedra katta oqituvchisi O. Topildiev “Yoshlar–kelajak bunyodkorlari”  va katta o’qituvchi R.Zamilova “Герои и героическое: этика-философский анализ” nomli monografiyalarini chop etildi. 

Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Halqaro va respublika miqyosidagi turli hil ilmiy jurnal va ilmiy konferensiyalarda muntazam ravishda ilmiy ishlarini chop etib kelmoqdalar.

Chunonchi kafedra mudiri t.f.n. B.Talapov 2014 yilning 14-15 noyabr kunlari Samarqand shahrida o’tkazilgan “TuCAHEA” loyhasining 4 – plenar konferensiyasi va ishchi yig’ilishida ishtirok etdi.   

Kafedrada professor-o’qituvchilar ijtimoiy hamkorlik masalasida hozirgi kunda O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg’ona vodiysidagi oliy o’quv yurtlari va Namangan viloyatidagi Pop qishloq-hojaligi KHK,  Uchqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari bilan ilmiy va pedagogik hamkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda.  

Kafedrada dosenti O. Mamatov iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha, katta o’qituvchisi A.Abdullaev rahbarligida “Yosh targ’ibotchi” to’garaklarida  o’z faoliyatini olib bormoqda. 

Kafedrada t.f.n. T.Qozoqov tashabbusi bilan 2010 yildan boshlab “Salohiyat-Mezon” nomli ilmiy maqolalar to’plami muntazam chop etib kelinmoqda. Hozirgi kunda uning 6 ta soni nashrdan chiqdi. Ayni vaqtda undagi maqola mualliflarning geografiyasi kengayib, Respublika oliy oquv yurtlari, kasb-hunar ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalari o’z maqolalari bilan ishtirok etishmoqda. 

Kafedra professor-o’qituvchilari Respublika, viloyat, shahar va tuman aholisi o’rtasida Milliy g’oya targ’iboti  va  ma’naviy – ma’rifiy  sohalar bo’yicha salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. 

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.