wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 28 Dekabr 2015 05:00

Iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra mudiri: Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich, iqtisod fanlari nomzodi
Kafedra manzili: Namangan shahri, Boborahim Mashrab ko’chasi, 2-uy, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti binosi, 5-qavat, 515-xona
Kafedraning telefon raqami: 0 369 227-15-94
Kafedra mudirining telefon raqami: +998-98-271-71-61
email:

Iqtisodiyot kafedrasi 1994-1995 o’quv yilida tashkil etilgan. “Iqtisodiyot” kafedrasi 1999 yilning yanvarida “Milliy iqtisodiyot va bozor munosabatlari” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra 2003 yildan “Tarmoqlar va hududlar iqtisodiyoti”, 2005 yildan boshlab esa o’z tarkibida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasini birlashtirgan holda “Iqtisodiyot” kafedrasi nomini olgan. Kafedraga 2010 yilga qadar professor Olimjon Abdullaev rahbarlik qilgan. 2010-2011 yillarda kafedra mudiri lavozimida i.f.n. Nodirbek Sotvoldiev, 2011-2012 yillarda i.f.n., dotsent Sodiqmirza Abdullaev faoliyat ko’rsatgan. 2012 yildan hozirga qadar i.f.n. Nodirbek Sotvoldiev rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada 1999 yilgacha “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” (kunduzgi va sirtqi), “Iqtisodchi-pedagog” (sirtqi) mutaxassisliklari, 2008 yilga qadar “Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)” bakalavriat yo’nalishi (kunduzgi va sirtqi), 2002-2009 yillarga qadar “Tarmoqlar iqtisodiyoti” magistratura mutaxassisligi bo’yicha malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlandi. 2006 yildan buyon kafedrada “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” yo’nalishida bakalavr mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda.

Kafedra tashkil topgandan buyon o’tgan yillar davomida universitetni 1000 ga yaqin iqtisodchi-mutaxassislar muvaqqiyatli tamomlab, bugungi kunda iqtisodiyotning turli sohalarida samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

O’tgan yillar davomida kafedraning bir guruh professor-o’qituvchilari – SH.Bannaev (Rossiya Federatsiyasi), N.Sotvoldiev (Malayziya), D.Boymirzaev (Malayziya, Hindiston), N.Bahriddinov (CHexiya, Malayziya, Hindiston, AQSH), Q.Umarqulov (Italiya) xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish kurslarini o’tab qaytganlar.

Bugungi kunda kafedrada jami 24 ta fan va o’quv kurslari bo’yicha dars mashg’ulotlari olib boriladi. Barcha fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, Namangan davlat universitetida fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar tayyorlash tajribasi ilk bor 2005-2006 o’quv yilida “Iqtisodiyot” kafedrasida amalga oshirilgan va qisqa muddat ichida 14 fandan ana shunday majmualar ishlab chiqilgan. Kafedra katta o’qituvchisi X.Ibraximov tomonidan tayyorlangan “Makroiqtisodiyot” va “Mikroiqtisodiyot” fanlaridan ma’ruza matnlari 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan tanlovda g’olib, deb topilgan.

​ Namangan davlat universiteti miqyosida “Iqtisodiyot” kafedrasi faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasida ishtirok etadi;

​ kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;

​ kafedra pedagog xodimlariga o’quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;

​ kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko’rish to’g’risida Namangan davlat universiteti rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

​ Namangan davlat universitetining tegishli xizmat bo’linmalaridan o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tkazish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi;

​ belgilangan tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi;

​ O’quv jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish bo’yicha OTM va fakultet Ilmiy Kengashlari qarorlari va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining farmoyishlari, hay’at qarorlari, buyruqlari, modemmogramalarini bajarilishini ta’minlash;

​ Kafedrada bajarilayotgan fundemental, amaliy innovatsion loyixalar va xo’jalik shartnomalarning bajarilishi va erishilayotgan natijalarni ishlab chiqarishiga joriy etish;

Hozirgi kunda kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Ilmiy darajali professor-o’qituvchilardan 1 nafari “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi, 1 nafari “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi, 1 nafari “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi mutaxassislaridir. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 1 nafar iqtisod fanlari doktori, professor (B.Mahmudov), 1 nafar iqtisod fanlari nomzodi, professor (T.Mirzamahmudov), 1 nafar iqtisod fanlari nomzodi, dotsent (I.Sirojiddinov) o’rindoshlik asosida ishga taklif qilingan.

“Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari 1999 yildan buyon “Farg’ona vodiysida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish” kompleks mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu mavzu doirasida ilmiy darajali o’qituvchilardan N.Sotvoldiev (2006 yil, “Agrar bozorlarning shakllanishi va rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlari”), G.Abdullaeva (2007 yil, Agrar munosabatlar tizimida xususiylashtirish va uning mintaqaviy xususiyatlari), U.Mo’minov (2008 yil, Qishloq xo’jaligida raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirish), N.Turabaeva (2010 yil, Namangan viloyatida kichik biznesni rivojlantirish) va K.Sirojiddinovlarning (2012 yil, “Fermer xo’jaliklari iqtisodiy diagnostikasini takomillashtirish”) ilmiy tadqiqot ishlari bevosita viloyatda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi hamda qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga qaratilgan. Bundan tashqari, hozirda dotsentlar N.Sotvoldiev “O’zbekiston mintaqalarida oziq-ovqat mahsulotlari bozorining shakllanishi va rivojlanish mexanizmi”, K.Sirojiddinov “Qishloq xo’jaligi korxonalari istiqbolini belgilash metodikasini takomillashtirish”, o’qituvchilar R.Imomov “Liberallashuv sharoitida qishloq xo’jalik korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashning muqobil yo’nalishlari”, X.Ibraximov “Mintaqalarda kichik biznesning rivojlanishida tadbirkorlik muhiti va uni takomillashtirish yo’llari”, Z.Abdullaev “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida mehnat munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzularida doktorlik dissertatsiyalari ustida muvafaqqiyatli ish olib bormoqdalar.

2011 yilda “O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi tashkil etildi. Konferentsiya ishida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi va yakunida bir qator ilmiy-amaliy hamda innovatsion takliflar ishlab chiqilgan.

2000-2008 yillarda kafedra tomonidan taqdim etilgan 2 ta loyiha AQSHning “Evraaziya” fondi grantiga sazavor bo’lgan. Grantlar doirasida kafedraga 3 dona kompьyuter, nusxa ko’chirish apparati, skaner va 100 dan ortiq nomdagi o’quv adabiyotlari keltirilgan. 2011 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan 1050 nusxadagi o’quv adabiyotlari bepul tarzda keltirilgan.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Buning pirovardida 1998 yilda 1 nafar talaba Ulug’bek nomidagi, 2006 yilda 1 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindorlari bo’lishgan. 10 ga yaqin talabalar oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi Respublika fan olimpiadalarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritganlar. 2013 yil “Kelajak ovozi” ko’rik tanlovining viloyat bosqichida Ratsionalizatorlik takliflari nominatsiyasining “Ishlab chiqarish menejmentini rivojlantirish va takomillashtirish yo’nalishi” bo’yicha 1 nafar talaba 2-o’rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

2015 yilda “Iqtisodiyot” kafedrasida katta ilmiy xodim-izlanuvchiligini tamomlagan 1 nafar, 3 nafar mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada professor-o’qituvchilari 5 nafarining ilmiy-tadqiqot ishi mavzulari OAK byulletenida nashr qilingan. Ular tomonidan 6 ta fan bo’yicha malakaviy imtihonlar muvafaqqiyatli topshirilgan. SHuningdek, yana 4 nafar yosh o’qituvchilar “layoqat testi”ni muvafaqqiyatli topishirib, tegishli guvohnomaga ega bo’lganlar.

“Iqtisodiyot” kafedrasi Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Kafedrada “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Menejment asoslari”, “Raqobat siyosati”, “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, “Statistika”, “Pul, kredit va banklar”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Moliya va soliqlar”, “Iqtisodiy tahlil va audit”, “Kichik biznes”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik”, “Jahon iqtisodiyoti va XIM”, “Marketing”, “O’zbekiston milliy iqtisodiyoti” kabi fanlar bo’yicha o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

*​ rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

*​ kafedra yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

* kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

*​ darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

*​ o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalaridagi fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

* talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

* talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;

*​ iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan "Iste’dod" jamg’armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo’yicha choralar ko’rish;

*​ talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

*​ tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

*​ kafedra o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko’rib chiqish, tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish va ilg’or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

*​ zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedagogik malaka va ko’nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, o’qitishni zamonaviy kompьyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o’quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish;

*​ ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

*​ byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo’jaliklar bilan aloqa o’rnatish;

*​ Namangan davlat universiteti bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo’lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

*​ kafedra ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazish, ta’lim xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish;

*​ xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

*​ talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo’yicha to’garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo’sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

*​ Namangan davlat universiteti axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o’kuv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.

Kafedrda fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik ishlari OO’MTVning 2010 yil 25 dekabrdagi 13/2-sonli Hay’at qarori asosida tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu maqsadda turli yo’nalishdagi 10 ta ta’lim, boshqaruv va biznes sub’ektlari bilan hamkorlik to’g’risida shartnomalar imzolangan. Ulardan 2 tasi OTM, 2 tasi O’MKHT muassasalari, 3 tasi mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, 3 tasi xo’jalik sub’ektlaridir.

Innovatsion korporativ hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida kafedrada innovatsion guruh tashkil etilgan. Guruh a’zolarining 10 nafari kafedra professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilari, 4 nafari iqtidorli talabalar hamda 1 nafari korxona rahbaridir.

Innovatsion hamkorlik doirasida belgilangan ustuvor yo’nalishlar – a) hududiy va tarmoq iqtisodiyotini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ekspertizadan o’tkazish; b) mahalliy tarmoq bozorlari kon’yukturasi yuzasidan muntazam davriy tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash; v) ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga rahbarlik hamda g) o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun uslubiy materiallar ishlab kabilarni o’z ichiga oladi.

Korporativ hamkorlik doirasida 2 ta kurs ishi, 4 bitiruv malakaviy ishi hamda 3 ta doktorlik dissertatsiyalari bajarilishi ko’zda tutilgan. SHundan kurs ishlari joriy o’quv yili yakunida, BMI kelgusi o’quv yilida (joriy yilda bitiruvchi kurs yo’qligi sababli), doktorlik dissertatsiyalari 2015-2017 yillarda bajarilishi belgilangan.

So’nggi 3 yil ichida kafedraning quyidagi professor-o’qituvchilari xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarida malaka oshirish kurslari va seminarlarda ishtirok etib qaytdilar:

1. Sotvoldiev Nodirbek – Malayziya qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro seminarda, 2013 yil, sentyabr.

2. Boymirzaev Dilmurod – Malayziya koopeativ kollejida, 2014 yil, sentyabr.

3. Umarqulov Qodirjon – Italiya Respublikasi Genuya universitetida, 2013 yil, sentyabrь – 2014 yil, mart.

Kafedra katta o’qituvchisi K.Sirojiddinov 2014 yilda VI Innovatsiya g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida, 2015 yilda shunday yarmarkaning viloyat bosqichida “Fermer xo’jaliklari iqtisodiy diagnostikasini takomillashtirish” mavzuidagi taqdimoti bilan ishtirok etgan. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari 2013-2014 o’quv yilida TEMPUS loyihasi dasturida asosida universitetga tashrif buyurgan Germaniya Magdeburg universiteti iqtisodiyot sohasidagi o’qituvchi va talabalaridan iborat ilmiy jamoa bilan seminar o’tkazilgan.

Iqtisodiyot yo’nalishi 2-kurs talabasi Ahmadjanova Muxarram 2013 yilda “Kelajak ovozi” respublika yoshlar tanlovining “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar nominatsiyasi” Namangan viloyati bosqichi g’olibi diplomi bilan hamda “Yurt kelajagi – 2013” iqtidorli yoshlar tanlovi respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 1-kurs talabasi Toxtabaev Javoxirmirza 2014 yil 8 noyabrdagi “Halqaro dasturlash tanlovi”da chorak finalda qatnashdi.

So’nggi 3 yil ichida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 55 ta ilmiy maqolalar, 88 ta tezislar, 2 ta publistik maqola, 1 ta o’quv qo’llanma, 4 ta o’quv-uslubiy qo’llanmala chop ettirilgan. Ilmiy maqolalarning 11 tasi yoki 20 foizi xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallarida nashr qilingan bo’linsa, 10 ta yoki 11,4 foiz tezislar xalqaro konferentsiyalar materiallarida chop etilgan.

2015 yilda “Oziq-ovqat mahsulotlari bozori va uning amal qilish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etilgan. Konferentsiya ishida 150 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi va yakunida bir qator ilmiy-amaliy hamda innovatsion takliflar ishlab chiqilgan.

Iqtisodiyot kafedrasining 2015-2017 yillarda rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, unda xorijiy o’qituvchilar va talabalarni jalb etish, yaratiladigan intelektual tovarlarning iqtisodiy ahamiyatini oshirish, “Iqtisodiy diagnostika” markazi faoliyatiga xorijiy investitsiyalar jalb etish kabi strategik vazifalar rejalashtirilgan.

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.