wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 23 Dekabr 2015 05:00

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi

Kafedra mudiri – Topildiyev Odiljon Raximjanovich tarix fanlari nomzodi.

Kafedra manzili: Namangan shahar, Ibrat ko’chasi 13-uy, 5-qavat, 506-xona.

Telefon: 0 (369)  227 – 03– 83

Kafedra rahbarining telefon raqami: + 99894 – 277 – 11 – 75

Faks: 0 (369) – 227 – 03– 83

Kafedraning elektron pochta manzili:

Kafedraning qisqacha tarixi:

 Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi 2008 yili Ijtimoiy-gumanitar fakul’teti negizida tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga 2008-2014 yillarda t.f.n. Z.Haydarov rahbarlik qilgan. 2014-yildan hozirgi vaqtgacha t.f.n. O.Topildiyev rahbarlik qilib kelmoqda.

 Kafedra 5610400–Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi.

 Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasida 1 ta fan nomzodi, 1 ta fan nomzodi-dotsent, 1 ta katta o’qituvchi va 2 ta o’qituvchi talabalarga turli fanlardan saboq beradilar. Shuning bilan birga kafedraning professor-o’qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug’ullanishmoqda. Xususan, kafedra dosenti tarix fanlari nomzodi Z.Haydarov “Namangan viloyati tarixi (1917-2007 y)” nomli monografiyasini tayyorlab 2014-yilda nashr qildi. Shuningdek, kafedra mudiri Topildiyev Odiljon Raximjanovich hozirgi kunda “O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishi va rivojlanishi tarixi (1991-2014 yillar)” mavzusida 07.00.01 – O`zbekiston tarixi mutahassisligi bo`yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi o’qituvchilaridan Innatullayev Baxromjon Boqijonovich ham doktorlik dissertasiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Qolaversa, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan turli fanlar bo’yicha o`quv-uslubiy qo’llanmalar, ko’rsatmalar va o`quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda.

 Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi bilan Toshkent Davlat san`at va madaniyat instituti, Farg’ona davlat universiteti, Namangan madaniyat kolleji hamda Toshbuloq sanoat kasb-hunar kolleji o’rtasida o`zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

 Kafedrada katta o`qituvchi M. Tojiahmedova rahbarligida “Yosh ijodkorlarlar” to’garagi va o’qituvchi B.Inatullayev rahbarligida “Havaskor yoshlar teatr studiyasi” o’z faoliyatini olib bormoqda.

 Kafedrada iqtidorli talabalar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ko’plab iqtidorli talabalar o’zlarini qiziqtirgan mavzularda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Yo’nalishda iqtidorli, izlanuvchan talabalar ko’pchilikni tashkil etadi. Jumladan, A.Sobirov, A.Nishonov, D.Abduvosiyev, Sh.Yigitaliyeva, M.Toshkaboevalarning ilmiy maqolalari ilmiy to’plamlarda nashr etilmoqda.

 

Kafedraning vazifalari:

Kafedraning vazifasi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta'lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Kafedrada asosiy tarkibda 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan, 2 nafari fan nomzodi. Kafedra ilmiy salohiyati 40 foizni tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma'lumotlari kafedra yo‘nalishi va unda o‘tiladigan fanlarga mos keladi.

 

“Ijtimoiy-madaniy faoliyat” kafedrasi tarkibi

 №

Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning F.I.Sh.

Lavozimi

Qaysi OTMni qachon tugatgan

Diplom bo‘yicha ixtisosligi

Diplom bo‘yicha mutaxassisligi

Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni

Qaysi yildan kafedrada ishlaydi

1

Topildiev Odiljon Raximjonovich

Kafedra mudiri

2005 yil NamDU

Vatan tarixi

Vatan tarixi

tarix fanlari nomzodi

2014

2

Haydarov Zaxriddinbobur Umarovich

t.f.n. katta o‘qituvchi

1995 yil NamDU

tarixchi va jamiyatshunos

tarixchi va jamiyatshunos

tarix fanlari nomzodi

2008

3

Tojiaxmedova Muyassar Haydarovna

o‘qituvchi

1985 yil Toshkent davlat Madaniyat instituti

madaniy-ma'rifiy ishlar, xavaskorlik teatr kollektivi rejissyorligi

madaniy-ma'rifiy ishlar, xavaskorlik teatr kollektivi rejissyorligi

-

 

2008

4

Inatullaev Baxromjon Boqijonovich

o‘qituvchi

2013 yil Toshkent davlat San'at va madaniyat instituti

Ijtimoiy madaniy faoliyat reklamasi

Ijtimoiy madaniy faoliyat reklamasi

-

2013

5

Nasridinov Murotjon Toyshiboevich

o‘qituvchi

2009 yil TDMSI

Madaniyatshunoslik

Madaniyatshunoslik

-

2014

 

Kafedraning faoliyati to`g`risida ma`lumotlar:

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntzam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarish ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyixalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarni shu jumladan “Iste'dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarni takomillashtirish bo‘yicha chora ko‘rish;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarni individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarni muxokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini shlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rajalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik va axborotkomunikatsiya texnologilarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulatlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texniklari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tishkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik disserdatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim xujjatlarining me'yor talablariga javob berishni belgilash bo‘yicha ekspert guruhlarni tarkibida ishtirok etish;

- byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

- Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy-izlanuvchi bo‘lganlar bilan mutnazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;

- xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

- talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-xunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta'minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;

- universitet axborot-resurs markazining kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

 

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari:

Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Namangan viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, NamDU qoshidagi 2-akademik litsey, Nodira nomli viloyat axborot kutubxonasi, Namangan viloyat Yoshlar markazi, Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazi, Toshbuloq sanoat va transport kasb-xunar kolleji bilan xamkorlik shartnomalarini imzolangan. Shartnoma va kelishuvlar asosida yo‘nalish talabalari madaniyat muassasalarida tanishuv-o‘quv amaliyotlarini bajaradilar hamda kafedraning professor–o‘qituvchilari Toshbuloq sanoat va transport kasb-xunar kollejida muntazam ravishda uchrashuvlar, qator tadbirlar, hamkorlikdagi ilmiy – uslubiy seminarlar o‘tkazib kelishadi. Hozirgi kunda kafedra dotsenti, tarix fanlari nomzodi Haydarov Zahriddinbobur Umarovich O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori, sotsiologiya fanlari doktori Bekmurodov Mansur Bobomurodovich bilan hamkorlikda “Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyoti” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratish ustida ish olib bormoqda.

 Oxirgi 3 yil davomida kafedra:

2013-2014 o‘quv yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan monografiyalar, ilmiy maqolalar chop ettirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratildi. 2013-2014 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 13 ta ilmiy maqolalar nashr etildi, ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma'ruzalar bilan ishtirok qilindi. Kafedrada iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadida ular tarkibini aniqlash, iqtidorli, ilmiy-tadqiqotchilik salohiyatiga ega talabalar bilan individual ishlashga e'tibor qaratildi.

2014-2015 o‘quv yili mobaynida kafedrada o‘qitiladigan mavjud 26 ta fandan 26 tasini o‘quv uslubiy majmualari tayyorlandi.

Kafedrada 2014-2015 o‘quv yili mobaynida 1 ta monografiya chop etildi.

Kafedrada o‘qitiladigan mavjud 26 ta fandan ma'ruza matnlari tayyorlandi.

Kafedrada o‘qitiladigan mavjud 26 ta fandan o‘quv dasturlari tayyorlandi.

2014-2015 o‘quv yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan monografiyalar, ilmiy maqolalar chop ettirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratildi. Kafedra dosenti tarix fanlari nomzodi Z.Haydarov “Namangan viloyati tarixi (1917-2007 y)” nomli monografiyasini tayyorlab 2014-yilda nashr etildi.

2014-2015 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab ilmiy maqolalar nashr etildi, ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma'ruzalar bilan ishtirok qilindi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari “Viloyat va respublika miqiyosida ijtimoiy madaniy faoliyat samaradorligini oshirish masalalari”ga qaratilgan.

Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan 2014-2015 o‘quv yilda jami 55 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Shundan:

Xorijda - 20

Respublika miqiyosida - 24

OTM miqiyosida -11

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilinmoqda. Kafedrada yo‘nalish iqtidorli talabalarini qamrab olgan “Ijodkorlar” to‘garagi va “Xavaskor yoshlar teatri” faoliyat olib bormoqda.

“Konstitutsiya targ‘iboti” bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilardan O.Topildiev, Z.Haydarov, U.Mansurov, M.Tojiaxmedova, B.Inatullaev, M.Nasirdinovlar Namangan tumanda joylashgan Toshbuloq yengil sanoat kasb-hunar kollejida targ‘ibot ishlarida faol qatnashdilar. Prezidentimiz asarlarini targ‘iboti bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilaridan t.f.n. Kafedra katta o‘qituvchisi U.Mansurov tashabbusi bilan kafedraga biriktirilgan Toshbuloq yengil sanoat kasb-hunar kollejida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirildi va hamkorlik aloqalari rivojlantirildi.

 

So'ngi o'zgartirish: Juma, 25 Dekabr 2015 17:41

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.