wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 20 Aprel 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida o‘quv seminari tashkil etildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 19 aprel kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Kamolot” YOIH Namangan shahar kengashi bilan hamkorlikda talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarni fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi. Seminarda, tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi J.Niyazov va milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo‘nalishi 3-kurs talabasi M.Xabibullayevlar ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, seminarda “Kamolot” YOIH Namangan shahar kengashi mutaxassisi S.Toshpo‘latov, dekan o‘rinbosari A.Abdullayev, Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi dotsenti O.Mamatov, fakultet “Kamolot” YOIH yetakchisi I.Orziyevlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Seminar savol-javob tarzida olib borildi va talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani o‘rinbosari R.Imomov

O'qilgan: 110 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.