wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 12 Aprel 2017 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Ziyo” festivalining dastlabki bahslari bo‘lib o‘tdi

Joylashtirdi: 

2017 yil 11 apreldan boshlab Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Ziyo” festivalining 2017 yilgi saralash o‘yinlari boshlandi. Dastlab bahsni fakultet dekani N.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Fakultetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari R.Imomov va A.Abdullayev, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Mallabayev, Tarix kafedrasi mudiri v.b. U.Mansurov, “Kamolot” YoIH BT yetakchisi I.Orziyevlar ham so‘z olib, o‘yinning reglamenti va qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Bahs tarix yo‘nalishi 1-kurs talabalarining guruhlar kesimidagi jamoalari – “Turon”, “Yosh tarixchi”, “Tafakkur”, “Erudit” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bahs yakuniy natijalariga ko‘ra, “Yosh tarixchi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va kurs g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi.Ma'lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Ziyo” festivali 4 bosqichda: dastlab yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlar kesimida birinchi saralash bosqichi, kurslar kesimida, yo‘nalish g‘oliblari o‘rtasida esa yarim final bosqichi, 2 ta g‘olib jamoa o‘rtasida final o‘yinini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Final bosqichi g‘olibi bo‘lgan jamoaga diplom va esdalik sovg‘alari  topshirilishi belgilangan.

 

O'qilgan: 184 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 12 Aprel 2017 09:24

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.