wrapper

Yangiliklar

Juma, 22 Yanvar 2016 00:00

Arxivshunoslik kafedrasi

Kafedra mudiri – Sarimsokov Abdilatip Abdiraximovich, tarix fanlari nomzodi

Kafedra manzili – 716019, Namangan shahar Ibrat ko`chasi 13- uy, 11- bino 4- qavat 417- xona.

Tel: (99893) 926-01-18.

Fax: (8-369) 227-07-61

E-mail:

 

Arxivshunoslik kafedrasi 2015 yil 2- martda tashkil etilgan bo`lib, unga t.f.n. A. Sarimsoqov rahbarlik qilmoqda.

Arxivshunoslik kafedrasi asosan 5220300 – arxivshunoslik va tarix 5120300 – tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha) yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Kafedrada ikki nafar fan nomzodi, sakkiz nafar katta o’qituvchi va o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 20 % ni tashkil etadi.

Arxivshunoslik kafedrasi Namangan viloyat arxiv ishi boshqarmasi, Namangan viloyat O’lkani o’rganish muzeyi, NamDU qoshidagi 1- va 2- akademik litseylari bilan korporativ hamkorlik o'rnatilgan.

Arxivshunoslik kafedrasining ilmiy tadqiqotlar asosan O`zbekiston tarixining XIX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bag’ishlangan.

Kafedra a`zolari tomonidan e`lon qilingan ilmiy, uslubiy ishlardan muhimlari:

1. Tarix tilga kirganda… Davriy to‘plam № 2. – Namangan, 2008.

2. Tarix tilga kirganda… Davriy to‘plam № 3. – Namangan, 2009.

3. Namangan tarixidan lavhalar. 1- kitob. – Namangan, 2010.

4. Tarix tilga kirganda… Davriy to‘plam № 4. – Namangan, 2012.

5. Fayzullayev T., Sarimsoqov A. Mustaqil O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari (o’quv-uslubiy qo’llanma). – Namangan, 2013.

6. Isoqov B. Taraqqiyotning qudratli qanoti. – Namangan, 2013.

7. Tarix tilga kirganda… Davriy to‘plam № 5. – Namangan, 2014.

8. Isoqov B. Bashariyatning boqiy bayrami. – Namangan, 2014.

9. Sarimsoqov A. O‘zbeklarning taqvimiy marosimlari. (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida). – Toshkent: Yangi nashr, 2014.

10. Isoqov B. Mustaqillik – muzzam mas’uliyat. – Namangan, 2014.

Kafedra a’zolari tomonidan 2014-2015 o’quv yilida xalqaro miqyosdagi nashrlarda 6 ta, respublika miqyosidagi ilmiy jurnal va konferensiyalarda 10, OTM doirasidagi nashrlarda 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi.
 

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.