wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 23 Dekabr 2015 05:00

Fizika kafedrasi

Kafedra mudiri– f-m. f. n., Akram Xalmirzayev Abduqodirovich

Kafedra manzili: Namangan shaxri, Uychi ko’chasi, 316.

Namangan davlat universiteti asosiy binosi

Telefon: 0 (369) 227-28-35

 

2011-2013 yillar davomida Akram Xalmirzayev Abduqodirovich Umumiy fizika, Fizikaviy elektronika asoslari, Nazariy mexanika, fanlaridan ma’ruza amaliy va laboratoriya darslarini olib boradi. Xalmirzayev Akram Abduqodirovich 1988 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgach, Namangan davlat pedagogika institutining fizika kafedrasida katta o’qituvchi bo’lib ish boshlagan. U 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Uning maqolalari respublikamiz va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi A.Xalmirzayev “Moddalarning elektron nazariyasi”, “Mexanika”, “Molekulyar fizika”, “Elektr”, “Atom fizikasi” va “Yadro fizikasi” fanlaridan o’zbek va rus tillarida mashg’ulotlar olib borgan, o’tkazgichli qurilmalar va mikroelektronika asoslari haqida uslubiy qo’llanmalar tayyorlagan.

Xalmirzayev Akram Abduqodirovich 2014 yildan buyon fizika kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Namangan davlat universitetining «Fizika» kafedrasi 1957 yil 1 sentyabrda tashkil topgan bo’lib, kafedraga 1957-1961 yillarda va 1971-1982 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Fayzulla G’aybullayev, 1961-1971 yillarda katta o’qituvchi Qurbonjon G’affarov, 1982-1985 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Maxmudjon Mamadaliyev, 1985-1988 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Orifjon Usmonov, 1988-1996 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, professor Naimjon Raximov, 1996-2005 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xoshimjon Qo’chqorov va professor Abdulla Raximov, 2005-2012 yillarda professor Naimjon Raximov, 2012-2014 yillarda dotsent I. Zoxidovlar rahbarlik qildilar. 2014 yildan boshlab kafedrani fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Akramjon Xalmirzayev boshqarib kelmoqda. Kafedra negizida “Umumiy texnika fanlari», Fizika o’qitish metodikasi» kafedralari tashkil etilgan. Kafedrani shakllanishida dotsent F.G’aybullayev, professor A.Raximov, professor O. Eshonov, professor N. Raximov, dotsent X. Xusanov, dotsent G’. Xusanov, dotsent M. Mamadaliyev, katta o’qituvchilar Q.G’affarov, K.A.Qosimova kabi marhum ustozlarning xizmatlari juda katta bo’lgan. F.G’aybullayev 1951-1954 yillarda Leningrad shahridagi A.F.Ioffe nomli FTI aspiranturasida professor A.R.Regel ilmiy raxbarligida ta`hsil olgan va Namanganlik fizik olimlar uchun Rossiya ilmiy-tadqiqot institutlari tomon yo’l ochgan. Professor A.Raximov Moskvalik olim A.M. Doroshkevich ilmiy raxbarligida pedagogika fanlari nomzodligi uchun dissertatsiya yoqlagan. Bu ustozlar o’z ilmiy maktablarini yaratgan olimlar edilar. Kafedra jamoasi Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, Nobel mukofoti lauryati J.I. Alferov ilmiy rahbarligida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan professor N.Raximov, Rossiya spektroskopiya instituti ISAN aspiranti bo’lgan Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan dotsent O.Usmonov, Sankt-Peterburg universiteti talabasi va aspiranti bo’lgan, LGU da nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan X. Qo’chqorov, Respublikamizda taniqli uslubiyotchi olim sifatida tanilgan Iminjon Qodirovning shogirdi dotsent N. Sadriddinovlar bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Ko’p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyatini xisobga olib A.Mamadalievga dotsent ilmiy unvoni berilgan.

 

Kelajakda kafedradagi yetuk pedagog olimlar safini kengaytirish maqsadida kafedrani iqtidorli yoshlar bilan to’ldirib borishga alohida e’tibor berilmoqda. So’ngi uch yil davomida R.Jalalov, N.Xolboyeva SH.Inoyatov kabi NamDU magistraturasini tugallagan yosh mutaxassislar kafedrada ishga olib qolindilar.

 

Kafedrada 1980 yildan boshlab Sankt-Peterburgdagi «Svetlana», Moskvadagi bir qator korxonalar bilan xo’jalik shartnomasi asosidagi ilmiy tadqiqot ishlari yo’lga qo’yildi. 1993 yildan boshlab kafedrada Respublika «Fan va texnika qo’mitasi»ning, keyinchalik Respublika «Fan va texnologiyalar» markazining, O’zbekiston FA sining grantlari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Kafedra olimlari yarimo’tkazgichlar, yarimo’tkazgich qurilmalar fizikasi va texnologiyasi, geteroo’tishli yarimo’tkazgich qurilmalar, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish, fizika o’qitishni maktabda, kasb-xunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida takomillashtirish kabi yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Hozirgi paytda kafedrada “OT-F2 fizika va astronomiya ”Yuqori samarali fotodetektorlar yaratish maqsadida kvant nuqtali nanoo’lchamli geterostrukturalardagi eksitonlar, polyaronlar va ko’chish hodisalarini o’rganish”” mavzusida fundamental tadqiqotlar granti bajarilmoqda.

 

N.Raximov 1979 yili nomzodlik va 1988 yili doktorlik dissertatsiyasini J.I.Alferov laboratoriyasida tayyorlagan va ximoya qilgan. N. Raximov shogirdlari sifatida kafedra a’zolari tomonidan Sankt-Peterburg shaxrida jami 19 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan. Jumladan F.G’aybullayev X.Xusanov, G’.Xusanov, M.Mamadaliyev, X.Qo’chqarov, S.G’aybullayev, D.Nugmanov, X.Abdullayev, U.Boboxo’jayev, R.G’ulomov, U.Raximov, M.Afrailov, A.Xolmirzayev, A.Sultonov, J.Sayfiddinov, R.Ikramov, Yo.Rafiqov, M.Ubaydullaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlaganlar va ximoya qilganlar. Moskva shaxrida 7 ta jumladan, O.Usmonov, A.Raximov, U.Maxmudxo’jayev, Z.Jamalova, I.Uluxanov, S.Abdullayev, X.Akramovlar nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlaganlar va ximoya qilganlar. Kafedra qoshida 1993 yildan «01.04.10-yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» bo’yicha aspirantura faoliyat ko’rsatadi. Kafedra qoshidagi aspiranturani muvaffaqiyatli yakunlaganlardan R.Ikramov (1995 yil), Yo.Rafiqov (1997 yil), M.Ubaydullayev (1999 yil), M.Dadamirzayev (2002 yil), S.Boydadayev (2003 yil), M.Boltayeva (2004 yil), I.Zoxidov (2005 yil), M.Muradov (2007), A.Tojiboyev (2009) nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilganlar, M.Ergasheva, M.Nuriddinovalar esa nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilish arafasida. Aspirant va izlanuvchi-tadqiqotchilarga N.Raximov, X.Qo’chqorov, R.Ikramov, A.Po’latovlar ilmiy raxbarlik qilmoqdalar.

 

Universitet iqtidorli talabalarining ichida birinchilaridan bo’lib, N.Abdullayeva (1994 yil), R.Saydaliyev (1995), Beruniy nomidagi, so’nggi 3 yilda B.Qo’chqorov, D.Yusupov, B.Abdulazizovlar “Ulug’bek” nomidagi davlat atama stipendiyasi sovrindorlari bo’lishgan. Universitetimizda 5440100-fizika bakalavr yo’nalishini 1996 yili bitirgan Abduvoxid Bozorov 2003-2005 yillari Tokiodagi Vaseda universiteti magistraturasida tahsil olib qaytdi. Viloyatda birinchi akademik litsey 1996 yili universitet qoshida tashkil etilgan. Litseyning hozirgi paytdagi direktori iqtidorli fizik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi U.Boboxo’jayev ham kafedradagi taniqli pedagoglardan biridir. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida OO’Yu lari kafedralarining filiallarini tashkil etish to’g’risidagi buyrug’iga asosan fizika kafedrasining filiali universitet qoshidagi 1-akademik litseyda tashkil etilgan. Kafedra filialida hamkorlikda ITI, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish rejalashtirilgan. Kafedra filialining asosiy vazifalaridan biri viloyatdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlari o’qituvchilarini magistratura va aspiranturaga jalb etish bo’lib hisoblanadi. Hozirgi paytda dotsent R.G.Ikramov, f-m.f.n. U.Boboxujaev, f-m.f.n. A.Po’latovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borishayotgan bo’lsa, 1-akademik litsey o’qituvchisi A.Nabiyev, CHortoq pedagogika kasb-xunar kolleji o’qituvchisi K.Muradovlar nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot olib bormoqdalar. «Fizika» kafedrasida 1989 yili Ittifoq FA sining «Diagnostika poluprovodnikov i poluprovodnikovыx struktur» sektsiyasining «Metod diagnostiki tochechnыx defektov v poluprovodnikax i pribornыx strukturax» mavzusida ilmiy seminar, 1994 yili yosh olimlarning «Tverdotelьnaya elektronika» 2007 yili «Muqobil energetika muammolari va energiya tejamkorligi» mavzusida xalqaro konferentsiyalar o’tkazilgan.

 

Professor A.Raximov «Elektrotexnika» fanidan darslik, «Radioelektronika» dan o’quv qo’llanma, professor N.Raximov hammualliflikda «Elektroradiotexnikadan praktikum», «Yarimo’tkazgichli asboblar fizikasi» o’quv qo’llanmalarini, dotsent N.Sadriddinov, Z.Jamalovalar «Atom tuzilishi», «6-sinfda fizika o’qitish», «Fizika o’qitish uslubi asoslari» o’quv qo’llanmalarini chop ettirdilar. Hozirgi paytda professor N.Raximov raxbarligida “Nanoelektronikaga kirish” A. Po’latov va N.Sadriddinov muallifliklarida «Akademik-litseylar fizika o`qitish uslubi. (Mexanika) » o’quv qo’llanmasi tayyorlangan.

 

Namangan davlat universitetining «Fizika» kafedrasida hozirgi paytda bakalavriaturada 5140200 fizika va 5A140202 fizika sohalar bo’yicha mutaxassis, shuningdek «01.04.10-yarimo’tkazgichlar fizikasi» bo’yicha doktoranturada mutaxassislar tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda kafedrada jami 26 kishi faoliyat ko’rsatadi. Ularning 3 nafari professor, 4 nafari dotsent, 10 nafari katta o`qituvchi 4 nafari o’qituvchilar, 5 nafari texnik-injenerlar va laborantlar bo’lib hisoblanadilar.

O'qilgan: 2813 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.