wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 14 Yanvar 2016 00:00

Amaliy matematika kafedrasi

Kafedra mudiri – pedagogika fanlari nomzodi, N. Otahanov.

Kafedra manzili - Namangan shaxri, Uychi ko’chasi, 316. Fizika-matematika fakulteti binosi, 2-qavat, 1-xona.

Kafedra telefon raqami: +99869227-25-85

Kafedra mudiri telefon raqami: +998934982345

Kafedra electron manzili, kafedra mudiri pochta manzili: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedraning qisqacha tarixi:

Namangan davlat pedagogika institutida 1972 yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi V.Q.Qobulov tashabbusi bilan “Amaliy matematika” kafedrasi ochilgan. Kafedra matematika, amaliy matematika, informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishlaridagi fanlar bo‘yicha matematika, matematika–fizika, matematika-informatika mutaxassisliklarida darslar olib borgan. Kafedra tashkil etilganda atiga 2 nafar fan nomzodi ishlagan bo‘lsa, keyingi yillarda olimlar soni mutassil tarzda ko‘payib borgan. Bunga yillar davomida ushbu kafedraga mudirlik qilgan olimlar sabab bo‘lgan. Kafedrani shu kunga qadar quyidagi olimlar boshqarib kelgan:

1. Aminov Yoqubjon - f.m.f.n, dots. 1972-1977 yy;

2. Olimov Xalimjon - f.m.f.n, dots. 1977-1982 yy;

3. Saxobov Olimjon - f.m.f.n, dots. 1983-1988 yy(keyinchalik texnika fanlari doktori, professor);

4. Murodxo‘jaev Sobitxon, f.m.f.n, dots. 1988-1993 yy

Pedagogika instituti asosida Prezident Farmoni bilan 1992 yili Universitetga aylantirilishi va unda “Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan kafedra nomi “Amaliy matematika va informatika“ ga o‘zgartilib, kafedraga mutaxassis tayyorlovchi kafedra maqomi berilgan. Kafedrani keyingi yillarda quyidagilar boshqargan:

5. Husanov Qosimjon- f.m.f.n, dots. 1993-1998 yy

6. Imomov Adashali- f.m.f.n, dots. 1998-2004 yy.

Amaliy matematika va axborot texnologiyasi bo‘yicha magistraturaning ochilishi va universitetda informatikaning o‘qitilishi hamda axborot texnologiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishini qo‘llab quvvatlash maqsadida kafedra asosida yangi “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi ochilib (unga kafedra mudiri etib, fiz.mat.Fanlari doktori Maxmudjon Badalov saylangan), kafedra o‘zining eski nomi “Amaliy matematika” bilan qoldirilgan va uni 2006 yilga qadar Imomov Adashali tomonidan boshqarilgan.

2005 yili “Amaliy matematika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedralari qayta qo‘shilib, uni vaqtincha boshqarish M.Badalovga topshirilgan.

7. Samatov Baxromjon - f.m.f.n, dots. 2006-2013 yy;

8. Kafedra p.f.n. Eshnazarova Marg‘uba tomonidan 2013-yil iyun- dekabr oylari boshqarilgan;

9. Kafedra t.f.n. Mirzamov Akmaljon tomonidan 2013yil dekabr oyidan 2014 iyunga qadar boshqarilgan;

10.2014 yildan hozirga qadar kafedrani p.f.n Otaxanov Nurillo tomonidan boshqarilmoqda.

Kafedrada 2015 yildan boshlab, Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistratrlar tayyorlash qayta yo‘lga qo‘yildi.

Kafedrada doimiy tarzda Respublika miqyosidagi ananaviy konferensiyalar o‘tkaziladi. Kafedra o‘zining “Ta’lim va axborot texnologiyalari” nomli ilmiy seminariga ega. Kafedra muntazam ravishda o‘zining “Ta’lim va axborot texnologiyalari” nomli yillik ilmiy to‘plamini chop ettirib turadi. Bundan tashqari turli yillarda kafedra a’zolari tomonidan Fundamental, amaliy va innovatsion grantlar bajarilgan va hozirda ham muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda.

 

Kafedraning vazifalari. Kafedra Fizika-matematika fakul’tetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Kafedrada 5130200-Amaliy matematika va informatika bo’yicha bakalavr va 5A130202-Amaliy matematika va Axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlanadi.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati. Hozir kafedrada 17 nafar professor- o‘qituvchi faoliyat olib boradi. SHundan 1 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 4 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ilmiy salohiyat 41 foizni tashkil qiladi. A. Imomov- dotsent, M.Badalov-proffessor, B.Samatov-dotsent, N.Otaxanov-p.f.n., G. Yunosova- p.f.n., I. Tillaboev-katta o’qituvchi, Q.G’oziev- katta o’qituvchi, M. Eshnazarova- p.f.n., katta o’qituvchi, F. Otaboeva- katta o’qituvchi, A.Mirzamov- t.f.n., katta o’qituvchi, M.Dadahanov-katta o’qituvchi, X.Xolmirzayev-o’qituvchi, S.Toshboev-o’qituvchi, N.Umaraliyeva- o’qituvchi, M.Ikromova-o’qituvchi, SH.Jo’rayev-o’qituvchi, E.Umarov- o’qituvchi, J.Isroilov-o’qituvchi.

 

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari. Kafedra tayyorlaydigan bakalavrlar asosan umumta’lim maktablari hamda o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlariga ishlashga boradilar. Bitituvchi bosqich talabalari ham ana shu yerlarda malakaviy va pedagogic amaliyot o’taydilar. Shu sababdan kafedra NamDU qoshidagi 2- akademik litsey va Namangan Muhandslik Texnologiya Instituti qoshidagi liseylar hamda Chust Qishloq xo’jalik KXK bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomasi imzolagan. Jiydakapa qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji bilan tuzilgan shartnomalarga asosan Xoshimov Otabek, Zokirova Mexrinso, Ermatova Zebunso, Saydullaeva Gulirayxon, Xoshimova Muxtaram talabalar 13.04.2015 yildan 6.06.2015 yil kunigacha diplom oldi amaliyotini Amaliy matematika kafedrasida o‘tadilar.
Namangan transprot va axborot texnologiyalari kolleji bilan tuzilgan shartnomalarga asosan Minnamov Nasimboy, Ibroximov Sardorbeklar 2015 yil 13 apreldan 2015 yil 8 iyunga qadar diplom oldi amaliyotni o‘tadilar.
Chust qishloq xo‘jalik kasb-xunar kolleji bilan o‘quv yili davomida xamkorlik ishlari olib borildi. Xususan, kafedrada ishlab chiqilgan elektron o‘quv-uslubiy majumalar, elektron ishlanmalar disklarda taqdim etildi. Kollejda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Fan, ta’limni ishlab-chqarish, bevosita iste’molchi bilan hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadida talabalarning kur va bitiruv malakaviy ishlari mavzularini, shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini iste’molchi tashkilotlar muammolarini hal qilishga yo’naltirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda muammolarni hal qilishga olid ilmiy mavzular bazasi yaratilgan.

 

Oxirgi 3 yilda erishilgan yutuqlar va natijalar.

Amaliy matematika kafedrasining olingan va tatbiq etilgan patentlari. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, amaliy matematika va informatika, informatika o`qitish uslubiyatiga oid ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy nashrlarida hamda NamDU axborotnomasida chop etilmoqda. Kafedrada quyidagi ilmiy-texnik dasturlarga guvohnomalar olingan:

1. M.I.Badalov, A.Mirzamov. “E Library 1.0” O`zbekiston Davlat patent idorasining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g’risidagi guvohnoma. №DGU 20090193 17.12.2009 yil.

2. M.I.Badalov, H.Najmiddinova, A.Mirzamov Algebradan elektron o`quv qo`llanma (Respublika miqyosida elektron qo`llanma). O`zbekiston Davlat patent idorasining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g’risidagi guvohnoma. DGU 01990 19.07.2010 yil

3. N.Otaxanov. Delphi tilini o`rganish uchun elektron darslik. O`zbekiston Davlat patent idorasining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g’risidagi guvohnoma. №DGU 01636. Toshkent, 18.11.2009.

4. A.Mirzamov. “Fuzzy dictionary” dasturi. O`zbekiston Davlat patent idorasining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g’risidagi guvohnoma. №DGU 20100223. Toshkent, 2010 y

5. M.Eshnazarova, A.Imomov,X.Meliboev «Masofali ta`lim portali» va «Hisoblash usullari» masofali kursi.

O`zbekiston Davlat patent idorasining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g’risidagi guvohnoma. №BGU 00280. Toshkent, 2012- y
 

O'qilgan: 1774 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.