wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

Rus tili va adabiyot kafedrasi

Kafedra mudiri –Saidova Muhabbat Shukrullayevna Filalogiya fanlari nomzodi.

Kafedra manzili: Namangan viloyati Uychi tumani Yangichek mahallasi Ro’ziyev ko’cha 7-uy

Kafedraning telefon raqami: 0369 – 227 – 18– 84 

Kafedra rahbarining telefon raqami: + 99891 – 346 – 20– 57

Faks: 0369 – 227 – 18– 84 

Kafedraning electron pochta manzili:

 

Kafedraning qisqacha tarixi: 

NamDUda rus tili va adabiyoti mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash 1955- yildan boshlangan. Birinchi bituruv 1960-yilda bo’lgan. O’tgan davrda 5500 dan ortiq yuqori malakali kadrlar yetishib chiqdi. 1998-yilda  rus tili, rus va chet el adabiyoti, tilshunoslik kafedralari birlashtirilib, rus tili va adabiyot kafedrasi tashkil etilgan. Bugungi kunda mazkur kafedra bo’yicha mutaxassis tayyorlash filologiya fakulteti tarkibida amalga oshirilmoqda.

Kafedra mudiri v.b.., М.Sh.Saidova, dotsentlar K.N.Nosirov, F.A.Gabdulxakov, Ye.V.CHjen, A.A.Abduraxmanov, S.I.Kazakboeva, Ye.O.Zinin, katta o’qituvchi L.S.Kozlova, o’qituvchilar M.M.Ismanova, R.F.Gabdulxakova, A.M.Ismatullaev, E.I.Akramova, R.K.Yusupova, X.E.Fayzullaeva, D.A.Islamova, Sh.A Nabiyevlar faoliyat yuritmoqdalar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash talab darajasida tashkil etilgan. Ularning mustaqil ta’limi uchun kerakli sharoitlar yaratilgan. Talabalar muntazam ravishda ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashib kelishadi, maqolalari ilmiy to’plamlarda chop etilmoqda.

Kafedrada talabalar ma’naviy tarbiyasiga alohida ahamiyat berib kelinadi. Har yili o’tkazib boriladigan «Salom, talabalik davrim!», «Bitiruvchilarni kuzatish» undan tashqari «Mustaqillik bayrami», «Konstitutsiya», «Navro’z», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqa bayramlar yoshlarni milliy goya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bulardan tashqari, kafedra qoshida faoliyat ko’rsatuvchi “Lirik lahzalar” ijodkor yoshlar klubi san’at va adabiyot sohasidagi iqtidorli yoshlar bilan faol ish olib boradi. Klub tadbirlari ko’pincha viloyat miqyosida o’tkaziladi.

Yana kafedra jamoasi tomonidan NamDU qoshidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik littseylar bilan va Pop tumanidagi qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji bilan hamda To’raqo’rg’on transport va sanoat kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik o’rnatilgan. Hamkorlik ishlari reja asosida olib borilmoqda.

 

O'qilgan: 2579 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 30 Dekabr 2015 10:52

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.