wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 23 Dekabr 2015 00:00

Nemis va fransuz tillari kafedrasi

Nemis va fransuz tillari kafedrasi

Kafedra mudiri : filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z. Sodiqov.

Kafedra manzili: Namangan shaxri, Uychi ko’chasi , 316. Filologiya fakulteti binosi , 1- qavat , 106- xona .

Kafedra telefon raqami :  0 (369) 227-04-92

Kafedra mudiri telefon raqami : +998905548294

e-mail : This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedraning qisqacha tarixi:

Kafedra 1969 yilda chet tillari kafedrasi negizida tashkil etilgan. Avvalgi yillarda unga N. Ermatov, S. Saydaliyev va O‘. Nurmatovlar rahbarlik qilishgan. 2009 yildan kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z. Sodiqov mudirlik qilmoqda. Kafedra 5220100 - filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili va fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi. Kafedrada 201 5 yil sentyabr holatiga 1 1 nafar professor-o‘qituvchi to’la stavkada faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari universitet, viloyat, respublika va xalqaro ilmiy va ijtimoiy hayotida muayyan darajada ishtirok etib kelmoqdalar. Nemis va fransuz tillari kafedrasining aksariyat professor-o’qituvchilari Evropa va AQSHning nufuzli universitetlarida malaka oshirib qaytganlar va ayni paytda mazkur xorijiy oily o’quv yurtlari bilan yaqindan ilimiy va ijodiy aloqalar o’rnatganlar. Jumladan Germaniyaning Magdeburg-Shtendal Universiteti Iqtisodiyot Fakulteti bilan NamDU o’rtasida imzolangan shartnoma-memorandumda kafedra mutaxassislarining alohida o’rni bor. Hozirda mazkur hamkorlik natijasida 2 ta xalqaro ilmiy to’plam Germaniyaning Grinn nashriyotida chop etildi.

Kafedraning vazifalari.

Kаfеdrа Filоlоgiya fаkultеtining tаrkibiy bo’linmаsi hisоblаnаdi. Kаfеdrаdа 5120100-filоlоgiya vа tillаrni o’qitish (nеmis tili) bo’yichа bаkаlаvr tаyyorlаnаdi vа 5111400-Хоrijiy til vа аdаbiyot (ingliz tili)  yo’nаlishidа 2-til (nеmis tili) vа frаntsuz tili chеt tili, 5А120101-Аdаbiyotshunоslik (ingliz аdаbiyoti), 5А120102-Lingvistikа (nеmis tili) mаgistrаturа mutахаssisliklаridа chеt tillаri (nеmis vа frаntsuz)dаn mаshg’ulоtlаr оlib bоrilаdi. Yo’nаlishlаr vа mutахаssisliklаr bo’yichа аsоsiy tili o’rgаnilаyotgаn mаmlаkаt tili оg’zаki vа yozmа nutqi аmаliyoti, stilistikа vа mаtn tаhlili, tilshunоslikkа kirish, tili o’rgаnilаyotgаn  mаmlаkаtlаr аdаbiyoti, аdаbiyotshunоslikkа kirish, mаmlаkаtshunоslik, lеksikоlоgiya, nеmis tili tаriхi, nаzаriy fоnеtikа, tаrjimа nаzаriyasi vа аmаliyoti, chеt tili o’qitish mеtоdikаsi, ikkinchi til, аmаliy grаmmаtikа, nаzаriy grаmmаtikа, ingliz vа o’zbеk tillаri qiyosiy tiпоlоgiyasi, rоmаn-gеrmаn filоlоgiyasigа kirish fаnlаri dоirаsidа uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tаdqiqоt ishlаri, shuningdеk, ilmiy vа ilmiy-пеdаgоgik kаdrlаr tаyyorlаsh, mаlаkа оshirish vа qаytа tаyyorlаsh hаmdа tаshkiliy, mа’nаviy-mа’rifiy vа tаrbiyaviy ishlаr аmаlgа оshirilаdi.

Kafedraning ilmiy salohiyati.

Kafedrada 11 nafar professor-o’qituvchi to’la stavkada ishlaydi. Ularning 4 nafari: Sodiqov Zohid, Saydaliyev saidumar, Nurmatov O’ktamali va Abdullajanov Akmallar fan nomzodi va dotsentlardir. Ilmiy salohiyat 30 foizni tashkil qiladi. Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari: tarjima nazariyasi va amaliyoti, chet tili o’qitish metodikasi va tilshunoslik nazariyasi yo’nalishlarida olib boriladi. Chunonchi, O‘.Nurmatovning “Shiller O‘zbekistonda” (2009), “Nemis tilida boshqaruv fe’llari” (2011), S. Saydaliyevning "Chet til o‘qitish metodikasidan ocherklar" (2003), Z. Sodiqovning “Qutag‘u bilik” tarjimalarining qiyosiy-tipologok tahlili” (2007) kabi monografiya va o’quv qollanmalarini misol keltirish mumkin. Bundan tashqari kafedrada “Til va tarjima muammolari” nomi bilan ilmiy-uslubiy maqolalar to`plami muntazam chop etilmoqda. Bugungacha ularning 7 ta soni nashr qilindi. 2014 yil may oyida kafedra tashabbusi bilan “Madaniyatlararo va ilmiy-texnik  aloqalarda tarjimaning o’rni va roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.

 Kafedra faoliyati.

Kafedraning Germaniya Mainz universiteti Til, tarjima va madaniyatshunoslik instituti bilan ilmiy aloqasi kengayib bormoqda. 2014 yilda dots Z. Sodiqov Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati Tadqiqot grantini qo’lga kiritib 2 oy davomida Germaniyada safarda bo’lib qaytdi. Ushbu universitet professori M.Shrayber 2015 yil  May oyida NamDUga tashrif buyurdi va talabalarga tarjimashunoslikning Evropadagi muammolari mavzusida ma’ruza o’qidi. Dotsent S. Saydaliyev Kassel universiteti professori Dr. R. Noyner bilan chet til o‘qitish metodikasi sohasida ilmiy hamkorlik qilayotgan bo‘lsalar, dotsent O‘. Nurmatov Freiburg universiteti  professori V. Frik bilan hamkorlikda “F. Shiller dramalari tili va uslubi” mavzusida tadqiqot ishlarini  olib bormoqda.

 Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari. Kafedra tayyorlaydigan bakalavrlar asosan umumta’lim maktablari hamda o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlariga ishlashga boradilar. B itituvchi bosqich talabalari ham ana shu yerlarda malakaviy va pedagogic amaliyot o’taydilar. Shu sababdan kafedra NamDU qoshidagi 1- va 2- akademik litseylar hamda Minbuloq Qishloq xo’jalik KXK bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomasi imzolagan. Fan, ta’limni ishlab-chqarish, bevosita iste’molchi bilan hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadida talabalarning kur va bitiruv malakaviy ishlari mavzularini, shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini iste’molchi tashkilotlar muammolarini hal qilishga yo’naltirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda muammolarni hal qilishga olid ilmiy mavzular bazasi yaratilgan.

Kafedra jamoasi oxirgi 3 yilda quyidagi yutuqlarga erishdi:

2015 yilda kafedra negizida NamDU va Mainz Universitetlari o’rtasida memorandum-shartnoma imzolandi.

2015 yilning iyul-avgust oylarida kafedraning katta oqituvchilari M.Todjixodlayev, Z.Tursunov, B.Jo’rabayevlar O’zbekiston Prezidenti “Iste’dod” jamg’rmasi grantini qo’lga kiritib Germaniyaning Bremenshaven Universitetida malaka oshirib qaytdilar. 2014 yil may oyida kafedra tomonidan “madaniyatlararo va ilmiy-texnik aloqalarda tarjimaning o’rni va roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi va unda mamlakatimizning eng nufuzli tarjimon va tarjimashunos olimlari ishtiriok etdilar.

2013-2014-2015 yillarda kafedrada muntazam chop qilinib kelinayotgan “Til va tarjima muammolari” ilimiy-uslubiy maqolalalr to’plamining 7-, 8-, 9- sonlari nashr etildi.

2014 yilda kafedra mudiri Z/Sodiqov va dorsent O’;Nurmatovlar xalqaro ta’lim granti sovrindori sifatida Germaniyaning Mainz va Jena  universitetlarida 2 oylik ilmiy tarqiqot izlanishida bo’lib qaytdilar.

O'qilgan: 1878 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 30 Dekabr 2015 09:57

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.