wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Dekabr 2015 05:00

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

Kafedra mudiri: Sidiqov Qosimjon Abilovich,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Manzil: Namangan shahri, Uychi ko’chasi 316 uy, Filologiya fakulteti, 210 xona
Telefon:227 0118, +998941529803
Elektron pochta:

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 2015 yilda tashkil etilgan. Kafedrada 34 nafar professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatadi. Jumladan, f.f.n., dots. R.Karimov, f.f.n., p.f.n. S.Misirov, f.f.n. Q.Sidiqov, f.f.n. B.Holmirzayev,  katta o’qituvchilar M.Alimova, O.Dadaboyev, R.Akbarova kabi malakali murabbiylar yoshlar bilan yelkama-yelka mehnat qilib kelmoqdalar. Kafedra tashkil etilgandan buyon R.Karimov, M.Eshonova, M.Sobirov, S.Misirov, Q.Sidiqov, B.Xolmirzayevlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Hozirda S.Misirov  “Kasb-hunar kolleji o`quvchilarini kasbiy malakalarini ingliz tili vositasida shakllantirishning lingvodidaktik asoslari”, katta oqituvchi B.Jafarov “Kodeks-kumanikus – turkiy xalqlar obidasi”, O.Dadaboyev “A.Temur siymosi – G’arb adabiy jarayonida”, I.Tojiboyev “Qadimgi turkiy maqollar tarjimasida o’ziga xosliklar”, M.Abdurahmonov “Muqobilsiz leksika muammolari” mavzularida doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilari f.f..n. Q.Sidiqov, f.f.n. B.Xolmirzayev, p.f.n. S.Misirov, katta o’qituvchilar M.Alimova, M.Qoraboyev, G’Tojiboyev, O.Dadaboyev, S.Daminjanov, o’qituvchilar M.Kukiboyeva, P.Lutfullayev, Y.Kuchkarova va H.Muhammadiyevalar AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Malayziya kabi dunyoning yetakchi mamlakatlarida malaka oshirib qaytganlar.

Kafedra 5220100-Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)», «5111400-Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)» yo`nalishlari bo`yicha bakalavr hamda  «5A220101-Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)», «5A220102-Lingvistika (ingliz tili)» mutaxassisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlaydi.

Kafedraning ilmiy salohiyati 30% tashkil etadi.

Har o’quv yilida kafedra tashabbusi bilan Namangan shahridagi Do`stlik akademik litseyi, NamDU qoshidagi 2-akademik litsey va To’raqo’rg’on iqtisod va serviz kasb-hunar kollejida  O`zbekiston ingliz tili o`qituvchilari Assotsiatsiyasi (UzTEA) va Britaniya Kengashi (British Council) mutaxassislari bilan hamkorlikda kafedra professor-o`qituvchilari viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etib boradilar.

Shuningdek, kafedra AQShning O`zbekistondagi elchixonasi va Angliyaning Britaniya Kengashi (British Council) bilan yaqin aloqalar o’rnatgan. 

Kafedra jamoasi NamDU qoshidagi 1-2-3-akademik litseylar, NamMPI qoshidagi Do`stlik akademik litseyi, Namangan shahridagi 5, 6, 7 va 31-maktablar, To’raqo’rg’on tumanidagi iqtisodiyot servis kasb-hunar kolleji va meloratsiya va Uychi qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari  bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatgan va bu borada muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. 

Kafedra Chortoq tumanidagi 53-maxsus maktabni chet tillarni o’qitishni takomillashtirish bo’yicha o’z otalig’iga olgan va u yerda muntazam seminar-treninglar olib boriladi

 

O'qilgan: 2247 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 25 Dekabr 2015 18:36

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.