wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Dekabr 2015 05:00

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

Kafedra mudiri: katta o’qituvchi Qoraboyev Mirzohid Xoshimovich
Kafedraning joylashgan manzili: Namangan sh. Uychi kochasi 316-uy, Filologiya fakulteti binosi.
Kafedraning telefon raqami: +99869-227-03-84
Kafedra mudirining telefon raqami: +99890-640-84-67 
Kafedra mudirining elektron pochta manzil/e-mail:

Kafedra 2015 yil 2 martda tashkil etilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari asosan mutahassisligi chet til bo’lmagan bakalavriyat yo’nalishlari talabalariga chet (ingliz, nemis) tillaridan saboq berib keladilar.

Xozirgi kunda kafedra jami 25 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ulardan 1 nafar p.f.n., dotsent, 6 nafar katta o`qituvchi 18 nafar o`qituvchilar.

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 2015 yil  2-martda Filologiya fakulteti negizida tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda kafedraga katta o’qituvchi M. Qoraboyev rahbarlik qilib kelmoqda.  Kafedra universitetning barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalariga chet (ingliz va nemis) tili fanidan saboq beradi.

Shuning bilan birga kafedraning professor-o’qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug’ullanishmoqda. Xususan, Sh.Ubaydullayevning “Deutsch Interkulturell” (2009), “Nemis tili grammatikasi” (2015), M.Qoraboyevning "English" (2003), T.Nishanovaning “Deutsch fuer Mathematiker”,“Deutsch-usbekisch-russisches Woerterbuch fuer Mathematiker” (2014), “Sammlung der Tests und Uebungen”, “Weltberuehmte Menschen der Kunst und Literatur” (2015), M.Yakkubayevning “Deusch als Fremdsprache” (2010), “Textbuch” (2014), “Wirtschaftdeutsch” (2015),  A.Ulkanovning “Die usbekischen Beduetungen von Präpositionen in der deutschen Sprache” (2015), N.Abdullayevaning “English”(2004), I.Umrzaqovning “Learn English”(2015), Sh.Ubaydullayev va K.Mansurovalarning ”Deutsche Synonyme”(2015), “Zum Lesen und Lachen” (2015), M.Mamashayevaning ”Deutsch”(2015) kabi o’quv-uslubiy qo’llanmalari chop etilgan. 

Kafedra katta o’qituvchilaridan M.Qoraboyev “Gulbadanbegim “Humoyunnoma” asari tarjimalarining qiyosiy tadqiqi”, A.Tursunov “G’arbiy Yevropa nemiszabon xalqlar adabiyotida Markaziy Osiyo (Movoraunnahr, Turkiston, O’zbekiston) mavzusi”, E.Atamirzayeva “Turli tizimli fe’llarda holat fe’llarining psixolingvistik tadqiqi (fransuz, ingliz va o’zbek tillari misolida)” mavzulari    bo`yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Qolaversa, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan turli fanlar bo’yicha o`quv-uslubiy qo’llanmalar, ko’rsatmalar va o`quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda. 

Kafedra professor-o’qituvchilari universitet, viloyat, respublika va xalqaro ilmiy va ijtimoiy hayotida muayyan darajada ishtirok etib kelmoqdalar. Fakultetlararo chet tillar kafedrasining aksariyat professor-o’qituvchilari Avstriya, Germaniya, Malayziya va Hindistonning nufuzli universitetlarida malaka oshirib qaytganlar va ayni paytda mazkur xorijiy oily o’quv yurtlari bilan yaqindan ilimiy va ijodiy aloqalar o’rnatganlar. 

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Andijon davlat universiteti, Namangan muhandislik texnologiya instituti, Namangan muhandislik pedagogika instituti hamda Ququmboy kasb-hunar kolleji o’rtasida o`zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

Kafedrada o`qituvchilari E. Mamadaliyev va F.Sobirovalar rahbarligida ingliz va nemis tillari bo’yicha to’garaklar o’z faoliyatini olib bormoqda. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan o’qituvchilar M.Mamashayeva va M.Yuldashevalar shug’ullanib kelmoqdalar. 

Kafedraning vazifalari: 

Kafedraning vazifasi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta'lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Kafedra chet tili o’qitish metodikasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishlarida olib boriladi. Kafedrada asosiy tarkibda 25 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan, 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 6 ta katta o’qituvchi va 18 ta o’qituvchilarni tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma'lumotlari kafedra yo‘nalishi va unda o‘tiladigan fanlarga mos keladi.

Kafedraning faoliyati to`g`risida ma`lumotlar:

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntzam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarish ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

- talabalarning mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarni shu jumladan “Iste'dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarni takomillashtirish bo‘yicha chora ko‘rish;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarni individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarni muxokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini shlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rajalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik va axborotkomunikatsiya texnologilarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulatlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texniklari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tishkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik disserdatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim xujjatlarining me'yor talablariga javob berishni belgilash bo‘yicha ekspert guruhlarni tarkibida ishtirok etish;

- byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;

- xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

- talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-xunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- universitet axborot-resurs markazining kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari:

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Andijon davlat universiteti, Namangan muhandislik texnologiya instituti, Namangan muhandislik pedagogika instituti hamda Ququmboy kasb-hunar kolleji, NamDU qoshidagi 1,2 va 3-akademik litseylar, Nodira nomli viloyat axborot kutubxonasi, Namangan viloyat Yoshlar markazi, Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazlari  bilan o’zaro xamkorlik aloqalari o’rnatilgan. 

Kafedraning Germaniya, Malaziya, Avstriya, Xindistonning bir qator nufuzli universitetlari o’rtasida ilmiy aloqalar kengayib bormoqda. Jumladan, kafedra katta o’qituvchisi M. Qoraboyev 2004 yil “Tempus” granti bo’yicha Avstriyaning Vena Texnika universitetti va Germaniyaning Myunxen Texnika universitetlarida malaka oshirib qaytgan. 2007 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” granti sovrindori sifatida Malayziyaning Mara Texnologiya universitetida zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo’yicha malaka oshirib keldi. 27.07- 10.08.2015 da kafedra o`qituvchilaridan Tursunoy Nishanova va Akmal Tursunovlar “Iste`dod” fondi orqali Germaniyada malaka oshirib keldi. Kaferda katta o`qituvchisi M.Yakubbayev 2013 yil Germaniyada, 2014 yil Malayziyada, 2015 yil Hindistonda tashkil etilgan xalqaro treninglarda ishtirok etib qaytdi. Kafedra o`qituvchisi J.Najmiddinov Malayziya hamkorlik texnik dasturi doirasigadi xalqaro treningda ishtirok etib qaytdi..

Kafedraning barcha a’zolari bugungi kunda dissertatsiya mavzulari ustida ish olib bormoqdalar. Jumladan M.Qoraboyev, M. Yakubbayev, A.Ulkanov va D. Abdurahmonovalar dissertasiyalari himoyaga tayyorlanmoqdalar. Jamoa a’zolarining asosiy qismi Germaniya, Malaziya va Angilya oliygohlarida malaka oshirganlar.

Oxirgi 3 yil davomida kafedra: 

2014-2015 o‘quv yili mobaynida kafedraning barcha professor-o’qituvchilari tomonidan o‘quv uslubiy majmualari tayyorlandi.

2014-2015 o‘quv yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan monografiyalar, ilmiy maqolalar chop ettirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratildi. 

2014-2015 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab ilmiy maqolalar nashr etildi, ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma'ruzalar bilan ishtirok qilindi.

2014-2015 o‘quv yilida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 4ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 50dan ortiq jumladan, Xorijy nashrlarda – 8ta, OAK e’tirof etgan jurnallarda – 4ta, Respublika va hududiy jurnal hamda to’plamlarida - 30dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirildi.

Bundan tashqari kafedrada “Filologiya va ta’lim texnologiyalari” nomi bilan ilmiy-uslubiy maqolalar to`plami muntazam chop etilmoqda.

 

O'qilgan: 1991 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.