wrapper

Yangiliklar

Shanba, 26 Dekabr 2015 05:00

Oliy ta'lim muassasasida shartnoma asosida o'qitish qiymati

Joylashtirdi: 

Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin oliy ta‘lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi. 

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta‘lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e‘lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi. 
Davlat komissiyasi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ishorat orqali ko'rishingiz mumkin:

RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUSSASALARIDA YUNALISHLAR VA MUTAXASSISLIKLAR BO'YICHA 2015-2016 O'QUV YILI UCHUN TASHDIQLANGAN BIR TALABANI BIR YILLIK TO'LOV-KONTRAKT ASOSIDA O'QITISH QIYMATLARI 

Chop etish vaqti: 18 avgust 2015 Fayl hajmi: 744 Кб

2015 yilning 1 sentyabridan oliy ta‘lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarining 15 foizga oshganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi talabalar va ularning ota-onalari e‘tiboriga quyidagi ma‘lumotlarni yetkazadi.

O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan oliy ta‘lim tizimiga muvofiq, test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ballar to‘plagan talabalar davlat granti bo‘yicha bepul (o‘qishga qabul qilinganlarning o‘rtacha 33 foizi) o‘qiydilar. O‘z navbatida qabul kvotalari doirasida “o‘tish” ballarini to‘plagan talabalar esa, ularni o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiydilar.

Shu bilan birga talabalarga, ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishidan qat‘iy nazar, har oyda stipendiya to‘lab boriladi. Ko‘rsatib o‘tish joizki, xorijiy davlatlarda talabalarga har oylik stipendiyalar to‘lanmaydi.

Hozirgi vaqtda stipendiyaning o‘rtacha oylik miqdori 300 ming so‘mni yoki yiliga 3,6 mln. so‘mni tashkil etadi va u o‘qitish qiymati kontrakt miqdoriga to‘liq kiritiladi. Bunda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining 40-60 foizini stipendiya tashkil etadi, ya‘ni talabaga o‘zi tomonidan o‘qish uchun to‘langan mablag‘ning taxminan yarmi o‘quv yili davomida oylik stipendiya ko‘rinishida qaytariladi. Bu mexanizm talabalarning o‘qishiga ziyon keltirgan holda pul ishlashga vaqt sarflamasdan, butun diqqat-e‘tiborlarini ta‘lim olishga qaratishlariga imkon yaratadi.

Yuqoridagilarga asosan yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini indeksatsiya qilishda, asosiy omil sifatida, o‘tgan o‘quv yilida stipendiya va o‘qituvchilarning ish haqi miqdorlarining 23,2 foizga, to‘lov-kontrakt miqdorlarining esa atigi 10 foizga oshganligi, aniqrog‘i oliy ta‘lim muassasalari xarajatlari ularning tushumlaridan tezroq o‘sganligi inobatga olindi.

Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt miqdorini 15 foizga oshirishda 2015 yilning 1 sentyabridan stipendiyalar va o‘qituvchilarning ish haqi miqdorini 10 foizga oshirilganligini qoplash lozimligi, aks holda yangi o‘quv yilining yakuniga kelib oliy ta‘lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli xarajatlar uchun mablag‘lar yetishmovchiligi kelib chiqishi ham hisobga olindi.

Jumladan, joriy yilning 1 sentyabridan to‘lov-kontrakt qiymati bir talabani o‘qitish uchun kelib chiqadigan xarajatlar tanlangan ta‘lim yo‘nalishi xarajatlaridan kelib chiqib, 5,8 mln. so‘mdan 8,5 mln. so‘mgacha miqdorda belgilandi. Masalan, “Pedagogika” yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori 5,8 mln. so‘mni tashkil etgani holda, moddiy-texnik va laboratoriya bazasi hamda pedagogik stavkalar soniga (o‘qituvchilarga) talab yuqori bo‘lgan “Sog‘liqni saqlash” yo‘nalishida 7,65 mln. so‘mni tashkil etadi.

Ta‘lim yo‘nalishlari kesimidagi to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari bilan Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining www.edu.uz saytida tanishishishingiz mumkin.

Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, talabaga to‘lanayotgan stipendiyani hisobga olmagan holdagi o‘qitish uchun to‘lovning xaqiqiy miqdori 2,2-4,9 mln.so‘mni yoki 850-1900 dollarni tashkil etmoqda, bu esa Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari, ayniqsa uzoq xorijiy davlatlardagi oliy ta‘lim muassasalarida o‘qitish qiymatidan bir necha bor pastdir.

Yana ta‘kidlash lozimki, kontrakt asosida ta‘lim olayotgan talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan to‘lovlar oliy ta‘lim muassasalari joriy xarajatlarining faqat ma‘lum bir qismini qoplaydi, qachonki, oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompьyuter texnikasi va mebellar bilan jihozlash, kutubxona fondini to‘ldirish va boshqa xarajatlarning 90 foizidan oshig‘i davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan tasdiqlagan oliy ta‘lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish Dasturi doirasida 2011-2014 yillar davomida oliy ta‘lim muassasalari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash hamda ularni jihozlash ishlari uchun Davlat byudjeti hisobidan 504,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada, 21 ta oliy ta‘lim muassasalarida 105 ta ob‘ekt yangidan foydalanishga topshirildi, jumladan jami 43 ming o‘quv o‘rniga ega bo‘lgan 55 ta o‘quv binolari, 9 ming o‘ringa ega bo‘lgan 33 ta talabalar turar joylari, 13 ta sport inshootlari va boshqa infratuzilma ob‘ektlari shular jumlasidandir.

Foydalanishga topshirilgan barcha ob‘ektlar mebelь va inventarlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi.

2015 yilda esa, mazkur maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 312,4 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi, bu o‘z navbatida, 15 ta oliy ta‘lim muassasasida yana 45 ta yangi ob‘ektni foydalanishga topshirish imkonini beradi.

Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi talabalarni va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollarga, shu jumladan o‘qish uchun to‘lov shakli, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ta‘lim olish uchun ish xaqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larga qo‘llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qo‘llash tartibiga taalluqli, shuningdek ta‘lim krediti va boshqa savollarga yozma shaklda hamda davlat interaktiv xizmatlari orqali javob berishga tayyorligini ma‘lum qiladi.

Murojaatlar uchun Vazirlikning pochta manzili: Toshkent sh., 100095,2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy

                                                                         Telefon: 246-01-95; 246-01-76Faks: 246-10-81; 246-10-63

                                                                         Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.;

                                                                        Veb-sayt:www.edu.uz.

Manbaa: www.edu.uz

 

O'qilgan: 2839 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 26 Dekabr 2015 18:08

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.