wrapper

Yangiliklar

Shanba, 26 Dekabr 2015 05:00

Bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi

Joylashtirdi: 

Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 5 iyunda 1963-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida Nizom"ga muvofiq amalga oshiriladi

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standartiga muvofiq oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta‘lim muassasasidagi har bir ta‘lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

bitiruvchining bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;

yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;

komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta‘lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta‘lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i

Manbaa: edu.uz

O'qilgan: 1404 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 26 Dekabr 2015 18:15

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.