wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 21 Yanvar 2016 00:00

Ilmiy kengash

Universitet ilmiy kotibi: – Bannoev Shokirjon Sharipjonovich

Qabul vaqti: 9-00 dan 17-00 gacha.

Telefon: (8 369) 227-01-44.

Pochta:

Universitet kengashi bo‘limi haqida:

Bo‘lim Namangan davlat universiteti Kengashi Nizomi asosida faoliyat yuritadi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) Qonunlariga, “Oliy ta'lim to‘g‘risida”gi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagi 487- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasasining Ilmiy Kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom” muvofiq tuzilgan va Namangan davlat universiteti Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

Ilmiy kengashning maqsad va vazifalari

Kengashning maqsadi - Namangan davlat universiteti jamoasi say-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta'minlash, oliy ta'limning davlat ta'lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

 

Namangan davlat universiteti Kengashi:

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat'iy bajarilishini ko‘rib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
fakultetlarning o‘quv ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy ishlari to‘g‘risidagi, universitet qoshidagi akademik litseylar faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan extiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan aloqalar to‘g‘risida hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejalari ijrosi va professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama etadi;
universitet rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta'minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek, marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

“Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

universitet bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta'minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;

ta'lim jarayonining o‘quv adabiyotlar bilan ta'minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

mustaqil izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutlariga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;

iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste'dod” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;

universitet iqtidorli talabalari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ish-
lab chiqadi;

asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

xorijiy mamlakatlarning oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

ta'lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi va tegishli qarorlar qabul qiladi;

universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi;

universitetda malaka oshirish rejalarining loyihalarini muhokama etadi, malaka oshirish tarmoqlari rahbarining hisobotini eshitadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.

Kengashining ish faoliyatini tashkil etish

4.Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.Yillik reja Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

5. Universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy ishlariga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a'zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

5. Kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlaganidan so‘ng kuchga kiradi.

6. Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.

7. Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash a'zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi

Kengash majlisiga masalalarni kiritish tartibi

8. Kengash majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar Kengash rejasi va universitet reglamentiga asosan kiritiladi. Kengash majlisida muhokama qilish uchun kiritiladigan turli masalalar prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va fakultetlar dekanlari, ular bo‘lmagan ( xizmat safari, mehnat ta'tili) hollarda esa ularning o‘rinbosari tomonidan kiritiladi.

9. Majlisda ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan har bir masala bo‘yicha Kengashga masalaning mohiyati davlat tilida aniq bayon qilingan bildirish, asoslangan qaror yoki buyruq loyihasi taqdim etiladi.

10. Yangi ta'lim yo‘nalishi (mutaxasislik) ochish yoki amalga oshirilishi moddiy xarajatlarni talab qiladigan qarorlar va buyruqlar loyihalarini taqdim etishda moliyaviy-iqtisodiy va boshqa asoslar ilova qilinadi.

11. Universitet reglamentida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmasdan Kengashga tasdiqlashga kiritilgan hujjatlar va murojaatlar uchun ko‘rib chiqilmasdan qaytariladi.

Kengash majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish

12. Kengashning majlislari oyning oxirgi chorshanba kuni o‘tkaziladi. Majlisni rektor yoki uning topshirig‘iga binoan prorektorlar olib boradilar.

13. Zarurat tug‘ilganda shoshilinch masalalarni ko‘rib chiqish uchun Kengashning navbatdan tashqari majlisi o‘tkazilishi mumkin.

14. Kengash kun tartibiga universitet vakolati doirasidagi har qanday masala kiritilishi mumkin.

15. Kengash majlisi kun tartibi o‘tkazilishidan bir hafta avval tayyorlanadi va Kengash a'zolariga tarqatiladi. Kun tartibidagi masalalarni tayyorlash bo‘yicha mas'ul kishilar tegishli ma'lumotnoma va qaror loyihasini majlis o‘tkazilishidan uch kun avval ilmiy kotibga topshiradi.

16. Kengash kotibi kun tartibi bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihalarini kengash raisi va a'zolariga majlisidan oldin tarqatilishini ta'minlaydi.

17. Kengash majlislarida kengash a'zolari bilan bir qatorda rektor topshirig‘i bilan taklif etilgan xodimlar ham ishtirok etishi mumkin.

18. Majlisda so‘zga chiquvchilar Kengash kun tartibiga quyidagicha rioya qiladilar: muhokama etiladigan masala bo‘yicha ma'ruza - 10 minut, muzokaralar, taklif va mulohazalar uchun 3-5 minut, ma'lumot (savol) uchun- 3 minut.

19. Kengash qarorlari asosida ilmiy kotib tomonidan buyruq loyihasi tayyorlanadi. Kengash qarorlari rektor buyrug‘i bilan hayotga tadbiq etiladi. Kengash qarorlari ularning mohiyatiga qarab ilmiy kotib tomonidan bevosita ijrochilarga yetkazilishi ham mumkin.

20. Kengash majlisining qarorini va uning bayonnomasini rasmiylashtirish, majlis qatnashchilarini taklif etish, hujjatlarni o‘z vaqtida tegishli bo‘linmalarga tarqatish, qarorlarda belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat etish uchun ilmiy kotib mas'ul hisoblanadi.

Kengash qarorlarini rasmiylashtirish va tarqatish

22. Kengash majlislarida muhokama etish davomida bildirilgan mulohazalar, qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilgan qarorlarning loyihalari tegishli mas'ul xodimlar tomonidan o‘sha kuniyoq qayta ishlanib ilmiy kotibga topshiriladi.

23. Kengash majlislarida bayon olib boriladi. Yig‘ilish bayonini rasmiylashtirish ikki kun ichida amalga oshiriladi. Unga Kengash raisi-rektor va kengash kotibi imzo qo‘yadi.

24 . Kengash qarorlarini tarqatish ilmiy kotib tomonidan amalga oshiriladi.

25. Universitet Kengashi qarorlarining asl nusxalari ilmiy kotib xonasida saqlanadi, arxivga topshirish talablariga rioya qilgan holda to‘plamga jamlab boriladi va o‘rnatilgan muddatda arxivga saqlash uchun topshiriladi.

26. Kengash qarorlari agar ularda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

KENGASHI    TARKIBI

1.       

Umarov Abdusalom Vaxitovich

Rektor, Kengash raisi

2.       

Boytillaev Dilmurod  Axmatalievich

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, kengash raisi o‘rinbosari

3.       

Qodirxonov Murodxon Rashitxonovich

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

4.       

Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich

AL va KXKlar bilan ishlash bo‘yicha  prorektor

5.       

Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich

Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor

6.       

Isoqboev Alisher ahmadjonovich

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

7.       

 Xusanov A'zamjon

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

8.       

Abdullaev To‘lqinali

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

9.       

Rasulov Abdulla Nuritdinovich

Malaka oshirish va qayta tayyorldash fakulteti dekani

10.   

Bannoev Shokirjon

Kengash  ilmiy kotibi

11.   

Fayzullaev Tursunboy

Tarix fanlari kafedrasi professori

12.   

Abdullaev Shavkat Voxidovich

Kimyo kafedrasi professori

13.   

Kamolov Baxodir

Geografiya kafedrasi professori

14.   

Mashrabboev Ahmadali

Matematika kafedrasi dotsenti

15.   

Usmonova Xuriniso

Xotin-qizlar kengashi raisi

16.   

 Akparov Asqarali

Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

17.   

Begmatov Shermuhammad

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

18.   

Asqarov Faxriddin

Kamolot YoIH  boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

19.   

Nazarov Abdug‘affor

Tabiiy fanlar  fakulteti dekani

20.   

Misirov Sohibjon

Filologiya fakulteti dekani

21.   

Mirzamov Akmal

Fizika- matematika  fakulteti dekani

22.   

Azizov Sobitxon

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

23.   

Mavlyanov Hasanboy

Pedagogika fakulteti dekani

24.   

Dehqonov Narimon

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet  dekani

25.   

Abdieva Oyjamol

Biologiya   kafedrasi mudiri v.b.

26.   

Dehqonov Raxmatilla

Kimyo kafedrasi mudiri

27.   

Mirzaaxmedov Hamidullo

Geografiya kafedrasi mudiri v.b.

28.   

Ikromov Erkinjon

Ekologiya   kafedrasi mudiri v.b.

29.   

Sidiqov Qosim

Ingliz tili va adabiyoti  kafedrasi mudiri

30.   

Sodiqov Zoxidjon

Nemis  va fransuz tillari kafedrasi mudiri

31.   

Saidova Muxabbat

Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.b.

32.   

Qoraboev Mirzoxid

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri

33.   

Abduraxmonov Shavkat

O‘zbek  tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

34.   

Xolmirzaev Akramjon

Fizika kafedrasi mudiri

35.   

Hotamov Nosirjon

Matematika kafedrasi mudiri

36.   

Otaxonov Nurillo

Amaliy matematika kafedrasi mudiri

37.   

Akramov Xusniddin

Kasb ta'limi kafedrasi mudiri

38.   

Ismoilov Turobjon

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri

39.   

Mavlonova Sadbarxon

Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi mudiri

40.   

Mirzamaxmudov Shuxrat

Fakultetlararo jismoniy madaniyat  va sport kafedrasi mudiri v.b.

41.   

Nishanov Maxmudjon

Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri v.b.

42.   

Inomiddinov A'zamjon

Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri v.b.

43.   

Maxsudova Mo‘tabar

Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri v.b.

44.   

Azizov Orifjon

Musiqiy ta'lim kafedrasi mudiri

45.   

Abdullaev O‘ktamjon     

Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi kafedrasi mudiri v.b.

46.   

Erqo‘ziev Anvarjon

Tarix kafedrasi mudiri

47.   

Sarimsoqov Abdulatip

Arxivshunoslik kafedrasi mudiri

48.   

Talapov Baxriddin

Milliy g‘oya , ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi mudiri

49.   

Sotvoldiev Nodirbek

Iqtisodiyot kafedrasi mudiri

50.   

 G‘ofurov Nizomjon 

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri

51.   

Topildiev Odiljon

Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi   mudiri

52.   

Boboxo‘jaev Umarxon

NamDU qoshidagi 1-akademik litsey direktori

53.   

Abdullaev Komiljon

NamDU qoshidagi 2-akademik litsey direktori

54.   

Raxmatov Abdulhamid

NamDU qoshidagi 3-akademik litsey direktori

 

Ilmiy kotib Sh. Bannoyev

 

O'qilgan: 1500 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 21 Yanvar 2016 11:22

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.