wrapper

Yangiliklar

NamDU - Maqolalar sana bo'yicha tartiblangan: Aprel 2016

2016 yil 30 aprel kuni soat 10:00da Chust sport kollejining faollar zalida kollejning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari hamda ta`lim muassasasidagi 33 nafar o’qituvchilariga NamDU Matematika kafedrasi dotsenti f-m.f.n. YU.Toshmirzaev tomonidan “Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida master-klass darsi o’tkazildi. SHuningdek ushbu o’tkazilgan master-klass darsida NamDU Matematika kafedrasi o’qituvchilari I.Jo’raev, R.Sobitovlar ishtirok etdilar.

2016 yil 29 aprel kuni NamDU Iqtisodiyot kafedrasi mudiri N.Sotvoldiev, kafedra dotsenti K.Sirojiddinov, kafedra o’qituvchilari D.Boymirzaev, N.Rasulov, Z.Abdullaevlar tomonidan To’raqo’rg’on ijtimoiy iqtisodiyot va sport kollejida Namangan viloyat hokimligining 2016 yil 10 apreldagi 01/05-94 –sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalarga asosan o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari rahbar va xodimlari uchun master klass darslarini o’tish bo’yicha seminar-treninglar tashkil etildi. Master klass darsida kollej pedagog xodimlari o’rtasida o’quv mashg’ulotlarida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etib o’quv mashg’ulotlari tashkil qilindi.

2016 yil 29 aprel kuni soat 13:30da Namangan davlat universitetining faollar zalida Namangan shahar milliy hurmandchilik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda 2016 yil “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlab “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida kontsert dasturi o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2012 yil 10 dekabrdani PQ 1875-sonli Qarori hamda Namangan viloyati hokimining joriy yilning 10 apreldagi № 01/05-94-sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalarga asosan, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining rahbar xodimlariga “Master-klass” darslarini o’tish bo’yicha seminarlar tashkil qilish maqsadida 2016 yil 29 aprel kuni Namangan qurilish va dizayn kasb xunar kollejida “Anticipating problems in teaching English at vocational colleges and lyceums” mavzusida “Master klass” mashg’uloti o’tkazildi.

Page 1 of 13

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.