wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 07 Iyun 2016 00:00

“Chet til ta’limida innovatsion texnologiyalar va filologiya masalalari” mavzusida xududiy ilmiy amaliy konferentsiya o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yilning 3-iyun kuni Namangan davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Chet til ta’limida innovatsion texnologiyalar va filologiya masalalari” mavzusida xududiy ilmiy amaliy konferentsiya o‘tkazildi.

Konferentsiyaning yalpi majlisini universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov kirish so‘zi bilan ochdi. O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor D.Boytillayev, AL va KXK bilan ishlash bo‘yicha prorektor K.Boymirzayevlar so‘zga chiqib konferentsiyaning nufuzi va ahamiyati to‘g‘risida gapirdilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston inliz tili o‘qituvchilari assosiatsiyasi (UzTEA)Namangan viloyat bo‘limi proyezidenti M.Ismailova va Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Q.Sidiqovlar respublika va viloyatimizda ingliz tili o‘qitishning tarixi va bugungi yutuqlari to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Katta o‘qituvchi D.Yuldasheva Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, kafedra magistranti D.Jumaboyev “Intellekt” tadqiqotlar markazi ta’sischilida chop etilayotgan “Lingvo”ilmiy-usulubiy jurnali xaqida, Yo.Nazarova va D.Pulatovalar “B2 READY” kitobi xususida, X.Muxammadiyeva “Wake up with warm ups” nomli o‘quv-usulubiy qo‘llanma yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdilar. 

Universitetda faoliyat olib borayotgan AQShlik mutaxassis Aleks Barret “Ingliz tili o‘qitishda tinglib tushunishning o‘rni va ahamiyati”  mavzusida treyning mashg‘uloti o‘tkazdi.

Yalpi majlisda shuningdek Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida uzoq yillar faoliyat olib borgan Umidaxon Adashevaning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabriklar bildirildi. Jumladan  prorektorlar M.Qodirxonov, K.Boymirzayev, D.Boytillayev, kafedra mudiri Q.Sidiqov, dotsent F.Karimova va boshqalar U.Adashevaga o‘z tabrik va estalik sovg‘alarini topshirdilar.

Kuning ikkinchi yarmida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi trener o‘qituvchilari tomonidan viloyat ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Using interaction patterns in different teaching context”, “Motivation as through language games”, “Learning a lot in a little time”, “Problems of organizing group and pair work”, “Reading strategies”, “Language and gender in discourse analyses”, “How to use the formal and informal letters”, “Cultural awareness in language  classes” mavzularida master klass trening darslari tashkil etildi. 

Konferentsiya materiallari to‘plam holida nashr etildi.

O'qilgan: 5424 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.