wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 16 May 2016 00:00

“O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligining demokratik tamoyillarga asoslanishi” mavzuida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universitetida 2016 yilning 16-17 may kuni “O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hakorligining demokratik tamoyillarga asoslanishi” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand tibbiyot instituti, Jizzax pedagogika institute, Andijon davlat universiteti, Namangan muhandislik pedagigika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti, kasb-hunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim maktabi professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari ishtirok etishdi.

Konferensiyani Namangan davlat universiteti prorektori k.f.n. dotsent M.Qodirxonov ochib berdi va konfrensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiya umumiy yig‘ilishida “O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligi masalasini tadqiq etilishi yuzasidan ayrim mulohazalar” (N.G’ofurov – NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, t.f.n), Uzbekistan na puti k integratsii v mirovoe soobщestvo (A.Abdulazizov - NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, s.f.n.), “Mustaqillik yillarida O’zbekiston va Malayziya munosabatlarining mustahkamlanishi va rivojlanishi (B.Ataxanov - NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi), “Sotrudnichestvo Uzbekistana s OON” (A.Jalilov – NamDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, Tarix mutaxasisligi 2-bosqich talabasi), “O’zbekiston Turkmaniston hamkorligi ” (Z.Isaqova - NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.), “O’zbekistoning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi Namangan viloyati misolida” (N.Valiyeva - NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi), “Markaziy Osiyo yadro qurolidan holi zonasini yaratilishining mintaqa xavfsizligi barqarorligidagi roli” (J.Razzoqov - NamDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, Tarix mutaxasisligi 4-bosqich talabasi) nomli ma’ruzalar eshitildi va muhokama qilindi.

Shuningdek, t.f.d., professor A.Rasulov, t.f.n. Sh.Haydaraliyevlar tomonidan konferensiya yalpi majlisida qilingan ma’ruzalar to’g’risida o’z fikr mulohazalar bildirib o’tildi.

Umuman, har bir taqdim etilgan ma’ruzada O’zbekiston tashqi siyosatining strategik yo’li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy yo’nalishlari, xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari bayon qilib berildi va O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri ekanligi alohida takidlandi.

Kafedra mudiri: N. G’ofurov

O'qilgan: 3189 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 25 May 2016 13:30

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.