wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 12 Aprel 2017 00:00

“Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovining xududiy bosqichi o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi”ning 100-bandi hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 15 martdagi 87-02-884- sonli  xati  ijrosini ta'minlash maqsadida 2017 yil 11 aprel kuni Namangan viloyatida joylashgan oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida  “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovini  hududiy  bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovining hududuiy bosqichida Namangan davlat universitetining “Adolat”, Namangan muxandislik texnologiyalari institutining  “Asr yoshlari”, Namangan muxandislik pedagogika institutining  “Istiqlol farzandlari” jamoalari bellashdilar. Nizomga muvofiq jamoalar: 

 1-tanishtiruv sharti bo‘yicha o‘zlari tahsil olayotgan  oliy ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar bo‘yicha tanishtirdilar.

2-shart “Tezkor savol javob” shartida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan muxrlangan konvertda savollar berilgan bo‘lib, shu savollar konverti hakamlar hay'ati tomonidan jamoalarni sardorlariga berildi. Ushbu shart “Blits” (Tezkor javob) tarzida tashkil etildi. 

3-shart “Muammo va yechim” sharti bo‘yicha jamoalar saxna ko‘rinishi orqali  talabalar o‘rtasida  huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyoxvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekishning zararli oqibatlari, shuningdek odam savdosi, diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurashish  masalalariga oid bo‘lgan muammolarni saxnaga olib chiqishdi va bunga qarshi kurash  bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini namoyish etdilar.

4-shart bo‘yicha jamolar “Sahnada tafakkur sinovi” sharti bo‘yicha bellashdilar. Tashkiliy – ishchi guruh tomonidan tayyorlangan rolik namoyish etildi. Jamolar mazkur rolikni tomosha qilib bo‘lishgach,  mazkur rolikda aks ettirilgan voqyealiklarni berilgan plakatlarda  tasvirlab berishdi va chizilgan tasvirlarini izohlab berdilar.Shundan so‘ng barcha jamoalar saxnaga taklif etilib umumiy ballar e'lon qilindi. Xakamlar xay'atining qaroriga asosan barcha shartlar bo‘yicha  Namangan davlat universitetining “Adolat”jamoasi 84 ball bilan faxrli birinchi o‘rinni, Namangan muxandislik texnologiyalari institutining  “Asr yoshlari” jamoasi va  Namangan muxandislik pedagogika institutining  “Istiqlol farzandlari” jamoalari 82 ball to‘plab, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladilar.

 Tanlov so‘ngida jamoalar diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i                     I.Atamirzaev

 

 

 

 

 

O'qilgan: 7564 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 18 Aprel 2017 11:26

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.