wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Dekabr 2015 05:00

O’quv-uslubiy boshqarma

Boshqarma boshlig'i -Abdullayev To’lqinali Usmonovich

Manzil: Namangan shahri, Uychi ko`chasi 316 uy,Namangan davlat universiteti

Pochta Indeksi: 716019

Telefon: (369) 227-06-45

Faks:(369) 227-01-44, (369) 227-07-61

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

Bo`limning asosiy vazifalari:

-O’quv-uslubiy boshqarma universitetning o’quv, o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha ma’muriy tarmog’i bo’lib, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining DTS, o’quv rejalari, fan dasturlarida belgilangan o’quv va uslubiy ishlarni fakultetlar va kafedralarda bajarilishini boshqaradi va ta’minlaydi. Boshqarma o’quv jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslangan usullaridan foydalanadi va o’z faoliyatini professor-o’qituvchilar pedagogic mahoratini oshirishga, ularning ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’quv mashg’ulotlarini olib borishlarini ta’minlashga qaratadi.

-Boshqarma rektorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarning bevosita rahbarligida ishlab, quyidagilarni amalga oshiradi:

-boshqaruv organlarining o’quv jarayonini tashkil qilish, amalga oshirish va uni takomillashtirishga oid hujjatlari, bu haqda universitet ilmiy kengashi qarori va rektor buyruqlarining bajarilishini amalga oshiradi;

-bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining DTS, o’quv rejalari va fan dasturlari talablari asosida ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy hujjatlarni fakultet va kafedralarda o’quv jarayoniga tadbiq etilishini tashkil qiladi;

-kafedralar bo’yicha soat fondini taqsimlaydi, o’qituvchilarga o’quv yuklamalarining mutanosib belgilanishini va bajarilishini nazorat qiladi;

-kafedralar bo’yicha professor-o’qituvchilar shtatlar sonini, shtatlar jadvali va o’quv yuklamalari asosida belgilaydi;

-o’quv jarayonining jadvalini tuzadi va fakultetlar tomonidan to’g’ri bajarilayotganini nazorat qiladi;

-fakultetlarda dars jadvallarining tuzilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

-o’quv rejalari va fanlarning namunaviy hamda ishchi o’quv rejalarini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish ishlarini tashkil qiladi, ular bo’yicha universitet Ilmiy va Ilmiy-metodik kengashiga masala tayyorlaydi;

-ilg’or pedagogik texnologiyalar bo’yicha konferensiyalar, seminarlar, ochiq darslar o’tkazishni tashkil qiladi, shu maqsadda yirik olimlar va mutaxassislarni taklif qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi, ilg’or pedagogik tajribalarni ommalashtirish ishlarini olib boradi;

-professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejalaridagi barcha faoliyat turlarini bajarilishini nazorat qiladi;

-belgilangan muddatlarda kadrlar, ichki nazorat va monitoring bo’limi bilan hamkorlikda o’quv-yordamchi xodimlar attestatsiyasini o’tkazadi;

-kafedralar tomonidan mustaqil ish topshiriqlari va nazorat ishlari to’plamini o’z vaqtida talabalarga yetkazilishi hamda ularning bajarilish muddatlariga rioya qilinayotgani, dekanatlar tomonidan reyting natijalarini tahlil qilib borilayotganligini nazorat qiladi;

-talabalar kurs loyihasi (ishi), bittiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalari mavzularining dolzarbligi, bajarilish sifati va bu haqidagi kafedra hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilayotganligini ichki nazorat va monitoring bo’limi bilan hamkorlikda nazorat qilib boradi;

-qishki va yozgi reyting baholash natijalarini tahlil qiladi, Ilmiy kengashga masala tayyorlaydi va belgilangan muddatlarda Vazirlikka hisobot topshirishni ta’minlaydi;

-talabalarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanish holatini o’rganib boradi va takliflar kiritadi;

-elektron o’quv-metodik kompleksi ishida faol ishtirok etadi, undan professor-o’qituvchilar va talabalarning unumli foydalanishini tashkil qiladi;

-talabalarning darslarga qatnashishini o’rganadi, tahlil qiladi va takliflar kiritadi;

-talabalarning mustaqil ishi bo’yicha o’quv-metodik materiallarning tayyorlanishi va ulardan talabalarning unumli foydalanishini tashkil qiladi;

-nazorat ishlarining belgilangan tartib asosida bajarilishi va ularga yozilgan taqrizlarning sifatini tekshirib boradi;

-kafedralarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda jihozlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar kiritadi;

-kafedralarning yangi o’quv jihozlariga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganadi va har yili yanvar oyining birinchi yarmida universitet bo’yicha jamlangan talabnomalarni rektorlikka taqdim qiladi;

-kompyuterlardan foydalanish samaradorligini tahlil qiladi va bu sohada kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha takliflar kiritadi;

-o’quv xonalari fondidan samarali foydalanishni muntazam ravishda o’rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha takliflar kiritadi;

-o’quv jarayonini takomillashtirish ishlarini tashkil qiladi, universitet Ilmiy va Ilmiy metodik kengashlariga ular bo’yicha masalalar tayyorlaydi;

-talabalarning o’quv safari xujjatlarini rasmiylashtirishga yordam beradi;

-o’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirishga oid tadbirlarni amalga oshiradi;

-pedagogik ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlaydi;

-fakultetlar va kafedralarning xalq ta’limi, boshqa Oliy o’quv yurtlari bilan hamkorligini tashkil etadi;

-o’quv-uslubiy boshqarma xodimlariga rahbarlik qiladi va ularning lavozim yo’riqnomalari asosida ishlashlarini ta’minlaydi.

 

Boshqarma xodimlari tarkibi:

Hozirgi kunda O’quv-uslubiy boshqarmada 15 nafar xodim ish yuritib kelmoqda.

1.Abdullayev To’lqinali Usmonovich-boshqarma boshlig’i

2.Akilova Munavvar Akbarovna- boshqarma inspektori

3.Turobov Hotamjon Husanboyevich-boshqarma uslubchisi

4.Muhammatova Muhayyo Anorbayevna- boshqarma uslubchisi

5.Qurbonov Mahmudjon Husanboy o’g’li- boshqarma uslubchisi

6. Ortiqov Yosinbek Abdulbokiyevich- boshqarma dispetcheri

7.Usmonova Gulyora Ahmadjon qizi-boshqarma dispetcheri

8.Sharipova Dilorom Toxirjonovna– inspektor

9.Obidova Mahfuza Adashaliyevna-nazoratchi

10.Abdullayeva Malika Sotivoldiyevna-nazortchi

11.Asadova Umida Alqarovna - inspektor

12.Ermirzayeva Gulnoza Raximberdi qizi- nazortchi

13.Abdullayev Jaloliddin- nazortchi

14.Boltaboyev G’aybullo Xaydaraliyevich- nazortchi

15.Maqsudova NodiraAlijonovna- boshqarma uslubchisi

O'qilgan: 1783 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.