wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Dekabr 2015 00:00

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

Fakultet dekani: Abdulla Rasulov Nuritdinovich - Tarix fanlari doktori, proffessor
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Manzil: Namangan shahri, Mashrab ko’chasi, 2-uy.
Tel: 8 369 226 15 97     
fax: 8 369 226 15 97  
mobil: +99891 369 55 05

Fakultet Namangan viloyati hokimligining 2000 yil 28 yanvar  43- sonli qarori bilan NamDU qoshida “O'quv markaz” sifatida tashkil etilgan. 

Fakultetda: Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi lavozimlarga zahirada bo'lgan yosh, iqtidorli kadrlar malakasini oshirish, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining malakasini oshirish ishlari olib boriladi. 

Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi lavozimlarga zahirada bo'lgan yosh, iqtidorli kadrlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqaruv tizimi yo’nalishi bo’yicha malakasini oshirish tashkil etilgan.

Namangan viloyati o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalari o'qituvchilarining malakasini oshirish ishlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari bo’yicha olib boriladi.

Fakultetni 2000-2001 yillarda f.f.n., dots. Q. Nosirov, 2001-2010 yillar oralig’ida  p.f.n. dots. M.Abdurahmonov, 2010-2011 yillarda f.f.n. Sh. Abduraxmonov, p.f.n., dots. S. Abdullayev, 2011-2012 yillarda k.f.n., dots. X. Gapporov, 2012-2015 yillarda  t.f.n. A. Isoqboyev, 2015-yil sentyabr oyidan t.f.d.,prof. A. Rasulov boshqarib kelmoqda.

Fakultet o`zining Nizomiga, o`quv dastur va rejalariga hamda muayyan resurs bazasiga ega bo`lib quyidagi yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatmoqda:

- Namangan viloyati hokimligi tomonidan zahiraga olingan kadrlari malakasini oshirish -50 soat, (1 haftalik). 

- Namangan viloyati o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari umumta'lim fanlari o'qituvchilari malakasini oshirish-144 soat, (1 oylik) .

2012- yil may oyidan boshlab, pedagogik qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.

- Namangan viloyati o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalaridagi nopedagog kadrlarni pedagogik qayta tayyorlash – 576 soat (4 oy);

Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, O'zbekiston Milliy universiteti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professor-o'qituvchilari, shuningdek, viloyat hokimligi boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari o'quv mashg'ulotlari olib borishga jalb etilganlar. 

Malaka oshirish jarayonining samarali bo'lishi uchun tinglovchilarga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Fakultetda tinglovchilarni talab-istaklari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tanlov fanlarini o`rganish, axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha mustaqil ta`lim olish imkoniyatlari yaratilgan. 

Fakultet qoshida "Istiqbol" klubi mavjud bo`lib, istiqbolli yoshlarni turli tadbirlarga jalb qilish orqali boshqaruv tizimi uchun kadrlar zahirasini yaratish ishlarini olib boradi. Xususan, 35 yoshgacha bo'lgan istiqboldagi zahira kadrlarni jamlagan holda ish yuritadi. Shu kungacha yoshlarning intellektual saloxiyatini oshirish bo'yicha bir  qator ishlar amalgam oshirildi. 

Fakultetda o'quv zali, kutubxona, uslubiy xona, internetga ulangan kompyuter sinfi mavjud. Shuningdek, Namangan davlat universiteti  qoshidagi akademik litseylar, Namangan shahridagi namunali kollejlar tajriba va amaliyot ishlarini o`tkazish uchun fakultetga biriktirilgan. 

NamDU O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

O'rta maxsus ta'lim:

Zahiradagi kadrlar:

 Umumta'lim fanlari

Viloyat hokimligi nomenklaturasidagi lavozimlarga zahiraga olingan kadrlar "Istiqbol" klubi

O'qilgan: 2505 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 18 Aprel 2017 10:36

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.