wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 05:00

Ichki nazorat va monitoring bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Xusanov A`zamjon Axmadjanovich

Manzil: Namangan shahar, Uychi ko’chasi 316-uy,

Rahbariyat binosi, 2-qavat

Telefon: + (0 369) 227-04-23

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Oliy ta`lim muassasalarining ichki nazorat va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi (bundan keyin Ichki nazorat va monitoring) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta`lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta`lim sohasiga oid hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.

Ichki nazorat va monitoring o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta`lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at qarorlari, buyruqlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Ichki nazorat va monitoring oliy o’quv yurtlarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma`naviy ma`rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay`at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va o’quv yurti bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta`lim sohasidagi me`yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Ichki nazorat va monitoringning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

Ta`lim muassasida O’zbekiston Respublikasining oliy ta`limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarining qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay`at qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarni, shuningdek o’quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarning bajarilish nazoratini ta`minlash va monitoringini olib borish.

Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va oliy o’quv yurtlari bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda o’quv yurti moddiy texnika bazasini monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish (1-ilova).

Professor-o’qituvchilar tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o’tkazish.

Ichki nazorat va monitoring o’ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:

Oliy ta`lim muassasasida ta`lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.

Oliy ta`lim muassasasida ta`limning holati va rivojlanishi haqida ma`lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.

Oliy ta`limni boshqarish organlari (vazirlik, rektorat: Ilmiy kengash) ga ta`limni isloh va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.

Oliy ta`lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta`minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Oliy ta`lim muassasasi ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.

Ta`lim muassasasida ilg’or tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi.

Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.

Ichki nazorat va monitoring tadbirlari natijalari bo’yicha:

Oliy ta`lim muassasasida O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ta`lim masalalari bo’yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarni bajarilishi haqidagi monitoring ma`lumotlarini vazirlikning Monitoring bo’limiga va tegishli boshqarmalariga o’z muddatida, sifatli taqdim qilishni ta`minlaydi.

Xulosa, ko’rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo’yicha aniq takliflarni o’quv yurti rahbariyatiga taqdim etadi.

Ichki nazorat va monitoring quyidagi huquqlarga ega:

Oliy ta`lim muassasida O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ta`lim masalalari bo’yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarni, shuningdek ta`lim muassasini Kengash majlisi qarori va buyruqlarini bajarilishini fakul’tetlarda, kafedralarda, bo’limlarda tahlil qilish.

Oliy o’quv yurtida va unga tegishli ta`lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar) ta`lim standartlariga hamda ta`limga oid me`yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish.

Oliy o’quv yurtida va unga tegishli ta`lim muassasalarida bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish.

Ta`lim muassasasi faoliyatini o’rganish bo’yicha fakul’tetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.

Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o’tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish.

Ichki nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda o’quv yurtining malakali professor–o’qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.

Ichki nazorat va monitoringning mansab jadvali boshliq-prorektor, boshliq muovini, bosh metodist va inspektorlardan iboratdir.

Ichki nazorat va monitoring mansablari tarkibi talabalar soniga binoan oliy ta`lim muassasasiga ajratilayotgan mablag’ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.

Ichki nazorat va monitoring boshlig’i vazirlik bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo’shatiladi.

Ichki nazorat va monitoring o’z faoliyatini vazirlik bilan kelishilgan holda va oliy ta`lim muassasasi rektori tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

Ichki nazorat va monitoring faoliyati har yili oliy ta`lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot Vazirlikka o’quv yilining oxirida taqdim etiladi.

O'qilgan: 2032 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.