wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

Axborot-resurs markazi

Markaz direktori – Nasirdinov Omoniddin Sayfiddinovich.

Markaz manzili: Namangan shaxar, Mashrab ko'chasi, 2-uy. 11-bino. 1-2 qavatlarida.

Mo'ljal: Namangan viloyati Markaziy banki

Telefonlar: (0-369) 227-29-81

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazining tarixi viloyatda oliy pedagogik ta'lim tarixi bilan chambarchas bog'liq.

1942 yili Namanganda Andijon o'qituvchilar institutining filiali tashkil etilgan bo'lsa, xuddi ana shu yili ilmiy kutubxonaga ham asos solingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'grisida»gi PQ 381-sonli qaroriga binoan Namangan davlat universiteti ilmiy kutubxonasi «Axborot- resurs markazi»ga aylantirilgan.

 

Markaz tarkibi quyidagicha:

 

•Ilmiy uslubiy va Komplektasiya, katalogizasiya va qabul qilish bo'lim;

•Marketing va axborot xizmati ko’rsatish bo'lim;

•Adabiyot va elektron axborot resurslari bo'lim;

•Fondni saqlash bo’lim;

•Axborot – texnologiya bo’lim.

 

Namangan davlat universiteti Axborot – resurs markazida 31 nafar xodim ARM jamoasi hozirgi paytda Respublika Prezidentining «Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to’g'risida»gi PQ 381-sonli qaroridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish borasida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Axborot – resurs markazida 350 o’ringa ega bo’lgan 10 ta o’quv zallari, Namangan shahar aholisiga xizmat qiluvchi 4 ta shaxobchalar, 1 ta elektron kutubxona, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish zallari mavjud.

Axborot – resurs markazining barcha bo’limlari zamonaviy vositalar bilan jihozlangan yorug’ va shinam xonalardan tashkil topgan.

Barcha o’quv zallarida professor - o’qituvchi va talaba yoshlarga kerakli darslik va o’quv qo’llanmalar mavjud.

Namangan davlat universiteti ARMning umumiy kitob fondi 13 074 nomdagi 263 mingdan ziyod bosma, 2 100 dan ziyod elektron shakldagi ilmiy – ommabop, badiiy – publisistik, ijtimoiy – siyosiy, uslubiy adabiyotlardan iborat.

Namangan davlat universiteti ARM kitob fondiga har yili 4000 dan ziyod yangi adabiyotlar bilan boyitiladi. Bundan tashqari, NamDU professor-o’qituvchilari, magistrlar tomonidan tayyorlangan  o’quv – uslubiy majmuallar va ularning elektron shakllari ham to’plangan.

ARMdagi mavjud kitoblardan 1010 donasini to’la matnli holatda skaner qilib, 5588 dona adabiyotlarni ARMAT programmasi yordamida bibliografik yozuvlari shakillantirilgan.

Kitob fondiga xorijiy mamlakatlardan ham sovg’a sifatida adabiyotlar keltirilmoqda.

Axborot – resurs markazida 41 ta kompyuter jamlanmasi, 4 ta nusxa ko’paytirish apparati, 10 ta skaner, 7 ta printerlar foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun yo’naltirilgan.

Axborot – resurs markazi tomonidan Namangan davlat universiteti professor-o’qituvchilari, olimlari, talaba va magistrlarining ilmiy, o’quv – uslubiy ishlanmalari, ular tomonidan tayyorlangan maqolalar, darsliklar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini to’plash, ARM elektron va ilmiy kutubxonalariga hamda ZiyoNet ta’lim tarmog’iga joylashtirib borish ishlari yo’lga qo’yilgan.

Axborot – resurs markazining kitobxonlar soni 12300 nafarni tashkil etib, shundan 439 nafar professor - o’qituvchilar, 4960 nafar talaba-yoshlar, 9701 nafari boshqa kitobxonlardan iborat.

Namangan davlat universiteti Axborot – resurs markazida 2016 yil uchun 103 nomdagi 161 sondagi gazeta va jurnallarga obuna tashkil etilgan bo’lib, ularning taxlamlari shakllantirilgan.

 

АRM direktori O. Nasirdinov

O'qilgan: 2301 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 15 Mart 2016 09:38

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.