wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 28 Dekabr 2015 05:00

Magistraturaga qabul

Joylashtirdi: 

Oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasqiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM" ga muvofiq amalga oshiriladi
 

Ushbu Nizom “Ta‘lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi o‘rinlarda Magistratura deb yuritiladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

 

Ushbu Nizom harbiy ta‘lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistraturalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Magistraturaga qabul oliy ta‘lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga ko‘ra, to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul tegishli ta‘lim yo‘nalishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo‘yicha) oliy ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar turdosh ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta‘minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta‘lim muassasasi bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi, o‘qitish tili va shakliga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
Kirish sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta‘lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Magistraturada o‘qitish tili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul ko‘rsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy ta‘lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.
Magistraturaga qabul qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy o‘quv yili uchun tayinlangan oliy ta‘lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari bo‘yicha qabul komissiyasi mas‘ul kotibining o‘rinbosari tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy ta‘lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta‘lim yo‘nalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.

manba: www.edu.uz

Қўшимча маълумотлар:

1. 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasqiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM"

2. Turdosh oliy ta'lim yo'nalishlari ro'yxati

O'qilgan: 2273 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 28 Dekabr 2015 17:20

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.